Kontent qismiga oʻtish

Oksitotsin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oksitotsin (Oxytocinum), pitotsin — neyrogipofizial gormon; gipofiz orqa boʻlagi gormonlarndan biri; 9 ta aminokislota qoldigʻidan tuzilgan siklik peptid. Oksitotsin tuzilishi va taʼsiriga koʻra, boshqa neyrogipofiz gormoni — vazopressinga yaqin turadi. Bir kator tabiiy analoglari mavjud, sintetik yoʻl bilan ham olinadi. Bachadon (ayniqsa, homilali bachadon) va sut bezining silliq muskullarini qisqartiradi. Dard tutishi susayganda, bachadondan atonik qon ketganda buyuriladi. Ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil