Kontent qismiga oʻtish

Okulist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okulist — ushbu soʻz rus tilida 1930-yillardan beri keng qoʻllanila boshlagan[1]. Oftalmologiya yunoncha soʻzdan tarjima qilinganda koʻz haqidagi taʼlimot degan maʼnoni anglatadi. Maʼlumki, oftalmolog — koʻz muammolari boʻyicha shugʻullanuvchi shifokor. Ushbu soʻzning ayni maʼnodoshi lotincha „oculus“ (koʻz)dan kelib chiqqan okulistdir. Shuning uchun ikkala nom ham ekvivalent hisoblanadi. Oftalmolog optometriya[sayt ishlamaydi] va oftalmologiya bilan shugʻullanadi. Oftalmolog professionallik darajasini tasdiqlovchi tibbiy amaliyot uchun tegishli sertifikat va litsenziyaga ega. Okulist umumiy boʻlishi yoki biror mutaxassislikka (masalan, katarakta va glaukoma boʻyicha) ega boʻladi.

Uning vazifasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tibbiyot va koʻz jarrohligi boʻyicha chuqur bilimga ega, profilaktika dori-darmonlarini ishlab chiqish, koʻrish tizimining shikastlanishi va uning oqibatlari bilan shugʻullanadi. Shuningdek, muayyan kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolash uchun vakolatga ega. Uning asosiy vazifalariga tadqiqot oʻtkazish, terapiya, jarrohlik, turli usullar bilan diagnostika, birga keladigan muammolar (masalan, diabet) tufayli kelib chiqadigan asoratlarni bartaraf etish kabilar kiradi.

Qachon murojaat qilish kerak?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oftalmologga oʻz vaqtida tashrif buyurish — tiniq va yaxshi koʻrishning garovi. O.ga tashrifni yiliga bir marta rejalashtirish kerak. Ammo koʻz shikastlanishi, koʻrishning keskin yoki toʻliq yoʻqolishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish shart. Quyidagi vaziyatlarda ham: • koʻrish apparatining ogʻriqli sindromi; • koʻz qizarishi; • qichishish, qizishish; • quruq koʻz sindromi; • lakrimatsiya va yiring mavjudligi; • tashqi jism kirishi/tegishi; • koʻz qovoqlari va koʻz atrofi shishishi va hokazo. Katarakta va glaukoma rivojlanish xavfi ostida boʻlgan qirq yoshdan oshgan odamlar, shuningdek, irsiy tabiatda koʻz kasalliklari boʻlgan odamlar muntazam ravishda okulist tekshiruvdan oʻtishi kerak[2].

  1. Семенов, А.В.. „Academic.ru“. Этимологический словарь русского языка. «ЮНВЕС» (2003). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  2. Portnov, Alexey „Health“. https://m.iliveok.com/. Portal iLive!. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.