Ol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ol (aldamoq soʻzidan) — oʻrta asrlarda Movarounnaxrda dushmanni chalgʻitish maqsadida qoʻllanilgan hiyla, taktik usul. Kichik bir qismni cheki-nishga buyurib, uni taʼqib qilib, hujumga oʻtgan dushmanni pistirma iskanjasiga olingan. O. usullaridan biri toʻlgʻama deb atalgan. O.dan Chingizxon, Amir Temur va Abdullaxon II oʻz yurishlarida ustalik bilan foydalangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil