Ola Kamara
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ola Williams Kamara | ||
Tavallud sanasi | 15-oktyabr 1989-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Oslo, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.85 m[2] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | D. C. United | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2005 | Frigg Oslo FK | ||
2005—2006 | Stabæk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2008 | Stabæk | 6 | (0) |
2007 | → Hønefoss (ijara) | 8 | (0) |
2009—2012 | Strømsgodset | 100 | (34) |
2013—2014 | SV Ried | 0 | (0) |
2013 | → 1860 Munich (ijara) | 10 | (0) |
2013 | → 1860 Munich II (ijara) | 5 | (2) |
2013 | → Strømsgodset (ijara) | 14 | (12) |
2014—2016 | Austria Wien | 23 | (2) |
2015 | → Molde (ijara) | 29 | (14) |
2016—2017 | Columbus Crew | 59 | (34) |
Milliy terma jamoa | |||
2006 | Norvegiya U17 | 7 | (1) |
2007 | Norvegiya U18 | 5 | (0) |
2012—2013 | Norvegiya U23 | 3 | (0) |
2013—2019 | Norvegiya | 17 | (7) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 10-oktyabr uchun) |
Ola Williams Kamara (talaffuzi: Ola Uilyams Kamara; 1989-yil 15-oktabrda Norvegiyaning Oslo shahrida tugʻilgan) — asli Serra-Leonelik boʻlgan norvegiya futbolchisi, „DC United“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.
Ola Syerra Leonelik oilada tugʻilgan. U tugʻilishidan oldin uning oilasi Osloga koʻchib oʻtgan[3][4].
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kamara „Stabæk“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2006-yil 1-oktabrda „Lillestrøm“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Somen Tchoyining oʻrniga maydonga tushgan va 16 yoshida Tippe ligasida debyut qilgan[5]. 2007-yilda Ola ikkinchi divizion klubi „Hønefoss“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. „Stabæk“ futbol klubiga qaytgach, u mamlakat chempioni boʻlgan. 2009-yilda Kamara „Strømsgodset Toppfotball“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[6]. Shartnoma ikki yilga imzolangan[7]. 3-may kuni „Sandefjord“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Ola yangi jamoada debyut qilgan[8]. 21-iyun kuni „Tromsø“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Stromsgodset“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[9]. 2010-yilda Ola klub bilan Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2013-yilda Kamara Avstriyaning „Ried“ jamoasiga koʻchib oʻtgan, ammo darhol Germaniyaning „TSV 1860 Munich“ jamoasiga ijaraga berilgan[10]. 4-fevral kuni „Kaiserslautern“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[11].
Oʻsha yilning yozida Ola „Stromsgodset“ futbol klubiga qaytgan va 14 uchrashuvda 12 ta gol urib, jamoaning Norvegiya chempioni boʻlishiga yordam bergan. 2014-yilda Kamara Avstriyaga koʻchib oʻtgan . 9-fevral kuni „Rapid Wien“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan[12]. 4-may kuni „Gröding“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Kamara poytaxt jamoasi safidagi ilk golini urgan[13]. Yil davomida u atigi ikkita gol urgan va 2015-yilda „Molde“ futbol klubiga ijaraga berilgan[14]. 7-aprel kuni „Odda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Kamara yangi jamoasida debyut qilgan[15]. 11-aprel kuni „Bodø/Glimt“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Ola „Molde“ futbol klubi tarkibidagi birinchi gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirgan[16]. 3-iyul kuni „Sarpsborg 08“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan[17].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 11-oktabr kuni JCh-2014 saralash bosqichida Sloveniyaga qarshi o‘yinda Kamara Norvegiya terma jamoasida Daniel Broten o‘rniga maydonga tushgan[18]. 2014-yilning 15-yanvarida Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinida Ola terma jamoa safidagi ilk golini urgan[19]. 2017-yil noyabr oyida Kamara uch yillik tanaffusdan soʻng Norvegiya terma jamoasiga qaytib, Makedoniya va Slovakiya terma jamoalari bilan oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashgan[20]. 2018-yilning 23-mart kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u xet-trik qayd etgan[21].
Jamoalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Stabæk IF | Norvegiya | 2006 |
Hønefoss BK (ijara) | 2007 | |
Stabæk IF | 2008 | |
Strømsgodset IF | 2009—2012 | |
SV Ried | Avstriya | 2013 |
TSV 1860 Múnich (ijara) | Olmoniya | 2013 |
TSV 1860 Múnich II (ijara) | 2013 | |
Strømsgodset IF (ijara) | Norvegiya | 2013 |
SV Ried | Avstriya | 2014 |
Austria Viena | 2014 | |
Molde FK (ijara) | Norvegiya | 2015 |
Austria Viena | Avstriya | 2016 |
Columbus Crew | AQSh | 2016—2017 |
Los Angeles Galaxy | 2018—2019 | |
Shenzhen FC | Xitoy | 2019 |
D. C. United | AQSh | 2019—hozirga qadar |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ola Kamara“ (no). altomfotball.no. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
- ↑ „Ola Kamara“. D.C. United. 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ Bernt Jakob Oksnes. „Her er nye Norge“ (no). Dagbladet (2005-yil 15-iyul). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
- ↑ Mattias Torkelsson. „Ola Kamara till 1860 München“ (no). SvenskaFans.com (2013-yil 20-yanvar). 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
- ↑ Dag Langerød, Marius Vik. „Matchhelt på luselønn“ (no). Nettavisen (2010-yil 14-noyabr). 2010-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
- ↑ Jostein Nilsen. „Signerte ny kontrakt“ (no). Drammens Tidende (2010-yil 3-dekabr). 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
- ↑ Wegard Bakkehaug. „Spisskometen Kamara var én dag fra å ende i 2. divisjon“ (no). TV 2 (2013-yil 15-oktyabr). 2013-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-noyabr.
- ↑ „Саннефьорд VS. Стрёмсгодсет 1:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 3-may). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Стрёмсгодсет VS. Тромсё 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 21-iyun). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Ola Kamara verstärkt den Löwen-Sturm“ (de). TSV 1860 München (2013-yil 20-yanvar). 2013-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-yanvar.
- ↑ „Мюнхен 1860 VS. Кайзерслаутерн 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-fevral). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Рапид Вена VS. Аустрия Вена 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 9-fevral). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Грёдинг VS. Аустрия Вена 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 4-may). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Ola Kamara til Molde!“ (no). Molde FK (2015-yil 28-yanvar). 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ „Молде VS. Одд 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-aprel). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Будё-Глимт VS. Молде 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-aprel). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Сарпсборг 08 VS. Молде 1:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-iyul). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Словения VS. Норвегия 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-oktyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Молдавия VS. Норвегия 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-yanvar). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ Andrew King. „Crew SC's Ola Kamara on Norway national team recall: "It was fantastic"“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 17-noyabr). 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar.
- ↑ „Норвегия VS. Австралия 4:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 23-mart). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-mart.