Kontent qismiga oʻtish

Ola chipor aloe

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ola chipor aloe yoki aloe Yoʻlbars aloesi(lotincha: Aloe variegata)[1] — koʻp yillik, shirali oʻsimlik, Asphodelaceae oilasiga mansub aloe (aloe) turi. (tur avvallari Xanthorrheaceae oilasi tarkibiga kiritilgan). Janubiy Afrika va Namibiyada[2] keng tarqalgan. Variegata oʻziga xos sifat boʻlib, lotinchadan tarjima qilganda „rangli“ degan maʼnoni anglatadi va mazkur turdagi oʻsimliklarning dogʻli barglariga ishora qiladi.

Oʻsimlikning balandligi 20-30 sm, 18-24 ta bargi 3 qatorga joylashgan. Barglari sershira yashil rangga ega, notekis och yashil dogʻlari bor. Barglarning uzunligi 10-15 sm, asosning kengligi taxminan 3-6 sm. Barglarning shakli uchburchak[1]. Shikastlanish, suv miqdori va yoshiga qarab, tashqi barglar oltin jigarrang tusga kirib quriydi.

Ola chipor aloe oʻrtacha 3-7 yil oʻsadi, bularning barchasi koʻp jihatdan atrof-muhitga, quyosh nuri va suvga bogʻliq.

Gullari 20-30 sm balandlikda toʻq sariq rangda, toʻda-toʻda boʻlib joylashgan. Gullash davri mart yoki aprel oylariga toʻgʻri keladi.

Vegetativ xususiyatlar.

Aloe poyasiz oʻsadi, unib chiqadi va guruhlar hosil qiladi. 20 tagacha lancet-deltoid, koʻndalang kesimdagi V shaklidagi barglar novdada uch qator boʻlib joylashgan. Uning yashil rangli oʻtkir barglarining uzunligi 10-15 dyuym va kengligi 4-6 dyuymgacha yetadi. Barglarning yuzasida tartibsiz koʻndalang chiziqlar hosil qiluvchi oq rangli dogʻlar mavjud. Barglarning cheti va sirti oq hamda gʻadir-budir boʻladi.

Toʻpgullar va gullar.

Toʻpgullar bir-ikki novdadan iborat va uzunligi taxminan 30 dyuymni tashkil qiladi. Boʻsh, silindrsimon shakldagi toʻda uzunligi 10 dan 20 dyuymgacha va taxminan 20-30 gulni oʻz ichiga oladi. Oval uchli novdalar uzunligi 15 millimetrgacha va kengligi 7 millimetrga yetadi. Gullar pushti rangdan toʻq qizil ranggacha boʻlishi mumkin, kamdan-kam hollarda xira sariq rangda boʻladi, uzunligi 4 dan 5 millimetrgacha boʻlgan gulbandlarga ega. Gullar uzunligi 35 dan 40 millimetrgacha yetadi. Uchlari ular biroz kichraygan va ochilgan boʻladi. Ularning tashqi gulbarglari uzunligi 5 dan 7 millimetrgacha yetadi, changchi tashqariga chiqib turmaydi, gul changlari esa guldan 1-2 millimetrga chiqib turadi.

Genetika.

Xromosomalar soni 2n = 14.

Tarqalishi

Ola chipor aloe Namibiya va Janubiy Afrika provinsiyalari — Shimoliy Keyp, Sharqiy Keyp, Karu, Fri Steyt mustaqil davlati va Bushmanland hududida keng tarqalgan.

  1. 1,0 1,1 Алоэ — Алоэ пестрое, или тигровое, попугайное (Wayback Machine saytida 2014-07-23 sanasida arxivlangan)
  2. „taxon“. Germplasm Resources Information Network (GRIN). Agricultural Research Service (ARS), United States Department of Agriculture (USDA).