Kontent qismiga oʻtish

Olamiy ruh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olamiy ruhneoplatonizm falsafasidagi markaziy tushunchalardan biri. Platonning koinotni harakatga keltiruvchi ibtido boʻlgan Olamiy ruh toʻgʻrisidagi taʼlimotidan kelib chiqqan; ideal (jismeiz) dunyo bilan olamiy ruh yaratgan hissiy dunyo oraligʻida turadi. Olamiy ruh haqidagi taʼlimot Uygonish davri panpsixizmi (italyan neoplatoniklari, J.Bruno), nemis romantizmi va XIX asr idealistik falsafasi (F.V.Shelling, G.T.Fexner, E.Gartman) tomonidan qabul qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil