Oldrij Jeyms
Oldrij Jeyms (1918. 10.7, Uayt-Xils, Viktoriya shtati, Avstraliya) – ingliz yozuvchisi va jamoat arbobi. London universitetida oʻqigan. Ikkinchi jahon urushi davrida jangovar reportaj va ocherklar yaratgan. „Dengiz burguti“ (1944), „Diplomat“ (1949) kabi romanlari va „Oʻzga vatan oʻgʻloni“ (1962), „Xavfli oʻyin“ (1966) romanlaridan iborat dilogiya muallifi. „Choʻl ufqi qahramonlari“ (1954), „Uning oʻlimini istamayman“ (1957), „Soʻnggi quvgʻin“ (1961) romanlarini Sharq mavzuiga bagʻishlagan. „Yangi Misr“ (1967) ocherkida uygʻonayotgan mamlakat hayotini realistik manzaralarda ifodalagan. O.ning siyosiy ruhdagi publitsistik maqolalari ham bor. Bir qancha asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: „Alvido, Antiameri-ka“ (1973), „Farzandlarga saboq“ (1966) va boshqa 1979-yilda Oʻzbekistonda boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |