Oleg Borisov
Qiyofa
Borisov Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988.31.10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), geologiya mineralogiya fanlari doktori (1970). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geologiya fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1956—70), laboratoriya mudiri (197086), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti direktori (1986—88). Asosiy ilmiy ishlari regional geologiya va magmatizmga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning tektonik xaritasi va Oʻrta Osiyoning paleozoy davri jinslarigacha boʻlgan pastki qatlami tuzilishining dastlabki sxemasini tuzishda qatnashgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |