Oleg Lebedev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Oleg Vladimirovich Lebedev (1940.25. 1, Toshkent) — mashinalar mexanikasi sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1987), texnika fanlari doktori (1979), professor (1980). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari i-tini tugatgan (1962). Shu institutda assistent, dotsent (1965—71); ilmiy ishlar boʻyicha prorektor hamda traktorlar va avtomobillar kafedrasida professor (1971 — 80), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi vitse-prezidenti (1981—87). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va fizika-mat, boʻlimi raisi (1987—94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi institutida laboratoriya mudiri (1994-yildan). Ilmiy ishlari gʻildirakli mashinalarning rul boshqarmalari va boshqa mexanizmlarning gidrodinamika nazariyasi; perspektiv gidrokuchaytirgichlar bosimi manbalarini loyihalash va hisoblash; mashina va mexanizmlarni texnik talablarga asosan sintezlashga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |