Oleg Malgin
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Oleg Nikolayevich Malgin — kon muhandisi, foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish sohasidagi olim, SSSR Davlat mukofoti sovrindori (1977).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yil 5-martda Prjevalskda geografiya o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. Oʻrta Osiyo politexnika institutini togʻ-kon muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan (1959). 1959-yildan 2009-yilgacha Navoiy kon-metallurgiya kombinatida (O‘zbekiston): 1961-yil yanvargacha 3-son bo‘linmasi kon ustasi, (Navoiy), so‘ng uchastka boshlig‘i, karyer bosh muhandisi, Shimoliy kon boshqarmasi 5-son karyer boshlig‘i, Shimoliy kon boshqarmasi boshligʻi (Uchquduq), 1969-yildan Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahar) bosh muhandisi, 1970-yildan kon boshqarmasi (Navoiy) oʻrinbosari, soʻng boshligʻi, 1976-yildan Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi boshligʻi, 1984-yildan 2009-yilgacha kon ishlari bo‘yicha kombinat bosh muhandisi o‘rinbosari. Texnika fanlari nomzodi (1982). Texnika fanlari doktori (2004), dissertatsiya mavzusi — „Murakkab tuzilmali konlarni chuqur konlar orqali oʻzlashtirish strategiyasini ilmiy-texnik asoslash: Muruntov karyeri misolida“. Ijodlari: • Kucherskiy N.I., Malgin O.N., Lukyanov A.N., Mazurkevich A.P., Sytenkov V.N., Filippov S.A. Kelib chiqishi endogen bo‘lgangan murakkab strukturaviy konlarni ochiq usulda qazib olish jarayonlarini takomillashtirish. Monografiya. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti. Toshkent. 1998-yil. 254 bet. • Malgin O.N., Shemetov P.A., Lashko V.T., Kolomnikov S.S. Chuqur karyerlarda davriy-oqimli kon texnologiyasini takomillashtirish. Monografiya. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti. Toshkent. 2002-yil. 144 bet. • Malgin O.N., Rubtsov S.K., Shemetov P.A., Shlykov A.G. Ochiq konda burg‘ulash va portlatishning texnologik jarayonlarini takomillashtirish. Monografiya. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti. Toshkent. 2003-yil. 200 bet. • Malgin O.N., Sytenkov V.N., Shemetov P.A. Chuqur karerlarda davriy-oqim texnologiyasi. Monografiya. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti. Toshkent. 2004-yil. 336 bet. SSSR Davlat mukofoti sovrindori (1977-yil, Uchquduq konini oʻzlashtirgani uchun) — jamoa tarkibida: L.M.Demich, L.D.Efanov, B.N.Zizdo, O.N.Malgin, P.L.Nijnikov, A.A.Petrov, B.I.Shvartsman, A.P.Shepetkov — NKMK; V.V.Mixaylov — Birinchi Bosh boshqarmasi; L.X.Malskiy, L.G.Podolyako — loyihalashtirish instituti. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi. Mehnat Qizil Bayroq ordeni, medallar, shu jumladan XXYK kumush medali (1985-yil — Muruntov karerida DOT majmuasini ishlab chiqish va joriy etilgani uchun), uch darajali „Konchilar shon-sharafi“ belgilari bilan taqdirlangan. Hozirda (2019) Rossiyada yashaydi.