Oleg Raxovskiy
Oleg Raxovskiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | SSSR |
Tavallud sanasi |
19-oktyabr 1933-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Oleg Anatolyevich Raxovskiy (1933-yil 19-oktyabr, SSSR) – sovet yengil atletikachisi, uch hatlab sakrash boʻyicha sport ustasi, 1958-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, 1959-yilgi Universiada chempioni, 1961-yilgi Universiadaning kumush medali sovrindori, SSSRning ikki karra chempioni. Uch hatlab sakrash boʻyicha sobiq jahon rekordchisi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oleg Anatolyevich 1933-yil 19-oktyabrda Toshkentda tavallud topgan. 1958-yil 28-iyulda Moskvada SSSR va AQSh oʻrtasidagi yengil atletika uchrashuvida uch hatlab sakrash spotri boʻyicha (16,59 m) yangi jahon rekordini oʻrnatdi, bu braziliyalik Ademar Ferreyra da Silvaning oldingi rekordidan uch santimetr yuqori edi[2]. Oleg xuddi shu yili Stokgolmda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi va 16,02 m koʻrsatkich bilan polshalik sportchi Jozef Schmidtdan (16,43 m) keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[3].
Oleg Raxovskiy 1959-yilda Moskva oliy texnika universitetining aspiranturasiga oʻqishga kirdi.
1960-yilda oyogʻidan jiddiy jarohat oldi va bu uning sportdagi faoliyatini shubha ostiga qoʻydi. Oleg oʻsha yili SSSR chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.
Oleg Raxovskiy oʻziga xos sakrash texnikasi bilan ajralib turardi. Boʻyi past boʻlishiga qaramay, uch hatlab sakrash sporti boʻyicha tezlikni oshirish texnikasini yaxshi oʻzlashtirgan edi (uning 100 m yugurishdagi shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichi 10,6 soniya edi). U tekis trayektoriya boʻylab sakradi.
Oleg Anatolyevich Raxovskiy 1988-yil texnika fanlari doktori boʻldi. N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining „Mashina qismlari“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritdi. SSSR yengil atletika federatsiyasi prezidiumi aʼzosi va Butunittifoq hakamlar kengashi raisi boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [https://uzathletics.uz/d/885076/d/oleg-anatolevich-ryahovskiy.pdf „Олег Анатольевич Ряховский“]. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ „Track and Field Statistics“. trackfield.brinkster.net. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ „90-летний Юбилей у Олега Ряховского“. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ „Ряховский О.А.“. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.