Kontent qismiga oʻtish

Olenek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olenek
Tavsif
Uzunligi 2 292
Maydoni 220 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Mintaqa Saxa
Olenek

Olenek (saxa.: Өлөөн, Ölöön) – Saxadagi daryo, bosh qismi Krasnoyarsk oʻlkasida. Uzunligi 2292 km, havzasining maydoni 220 ming km². Vilyuy platosidan boshlanadi. Chapdan Bur daryosi quyilgandan ke-yin Shimoliy Sibir pasttekisligi boʻylab shimoli-gʻarbga buriladi. Laptev dengizining Olenek qoʻltigʻiga quyilish joyida delta (maydoni 475 km², uz 20 km) hosil qilgan. Yirik irmoqlari: chapdan – Bur, Buolkalax. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 1210 m³/sek. Sentabr oxiri – oktabrda muzlab, may— iyunda muzdan boʻshaydi. Daryoda baliq turi koʻp. O. boʻyida Olenyok, Taymilir, Ust-Olenyok aholi punktlari joylashgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil