Olim Pardayev
Olim Mamayunusovich Pardayev | |
---|---|
Tavalludi |
20-may 1976-yil Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi olim |
Sohasi | iqtisodiyot |
Taʼlimi | Samarqand kooperativ instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Olim Mamayunusovich Pardayev (1976-yil 20-may, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2017), professor (2021).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim Pardayev 1976-yil 20-may Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan. 1997—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi Vatan-LTD auditorlik firmasi Samarqand filiali hisobchisi, 1998—2002-yillarda ushbu filialning yetakchi mutaxassisi, 2002—2008-yillarda Baxmal tumanidagi „Baxmal standart“ xususiy korxonasi rahbari, 2008—2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2009—2012-yillarda menejment va statistika kafedrasi assistenti, 2013—2016-yillarda katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2017—2018-yillarda magistratura boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim Pardayev 141 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta uslubiy qoʻllanma, 1 ta uslubiy tavsiya va 1 ta monografiya muallifi[1]. 2017-yilda „Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni himoya qilib, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Pardaev Olim Mamayunusovichning doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon“.