Olimjon Xoldorov
Olimjon Xoldorov (taxallusi Olimjon Xoddor; 1932.18.9, Andijon viloyati Buloqboshi tumani Kulla qishlogʻi) — shoir va yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), professor (2002). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1952). Andijon radiosida muharrir (I960), "Kommunist" (1965) va "Yosh leninchi" (1966— 68) gaz.larida muxbir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon boʻlimi boshligʻi (1968—83). Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Argʻuvon tagida" (1965). X. "Andijon suluvlari" (1968), "Kaftimdagi tuproq" (1970), "Oshiqona" (1972), "Andijon bahori" (1976), "Subhidam qoʻshiqlari" (1977), "Kumush kosa" (1979), "Toʻyonatoʻyona" (1982), "Yer farzandi" (1986), "Senga intilaman" (1986), "Davrani keng oling" (1990), "Koʻz tegmasin" (1992) kabi toʻplamlar muallifi. Shuningdek, u "Men — Andijonman", "Andijon samosi", "Kelajakdan bir sado", "Roz", "Karvon qoʻngʻirogʻi" kabi liroepik asarlar ham yozgan. 100 dan ortiq gʻazallariga kuylar bastalangan.
X. dramaturgiya sohasida xam bir qancha asarlar yozgan ("Qotil kim", 1992; "Sevgi afsonasi", 1992; "Anda jon qoldi", 1999). Asarlarida inson goʻzalligi, maʼnaviy olami, mehrmuhabbat va sadoqat haqida bahs yuritiladi. X.ning soʻnggi yillarda yirik epik janrlarga mansub "Koʻngil" (1992) qissasi, "Arosat" (1993), "Mirkomilboy" (1998) romanlari va boshqa asarlari eʼlon kilindi. Bolalarga bagʻishlangan "Boboruh" (2000) pyesasi ham bor.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vodiy kuychisi, T., 1992; Olimjon Xoldor, T., 2002.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Saylanma, 3 j.li, T., 2001; Pyesalar, T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |