Kontent qismiga oʻtish

Olimjon karvonsaroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olimjon karvonsaroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Madaniy meros yodgorligi
Turi Karvonsaroy
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Bahouddin Naqshband koʻchasi
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Map
Olimjon karvonsaroyining oʻrni xaritada

Olimjon karvonsaroyiOʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Olimjon karvonsaroyi 1813-yilda bunyod etilgan. Ancha yillardan soʻng, unda afgʻon savdogarlari, soʻngra hind savdogarlari faoliyat olib borishgan. XX asrning boshlaridan 1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda „Kavkaz-Merkuriy“ transport jamiyati idorasi joylashgan. Hozirda karvonsaroy hujralarida hunarmandchilik ustaxonalari va fotogalereya joylashgan[2].