Kontent qismiga oʻtish

Olivia Nuzzi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Olivia Nuzzi — Nyu-York jurnalining Vashingtondagi vakili boʻlib xizmat qiladigan siyosiy muxbir.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Olivia Nuzzi
Tavalludi 6-yanvar 1993-yil
Nyu York, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Fordham Universiteti (tugallamagan)
Kasbi jurnalist, sharxlovchi,
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirgacha
Ota-onasi Kelli va Jon Nuzzi

Olivia Nuzzi 1993-yil 6-yanvarda Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Kelli va Jon Nuzzilar edi. Otasi 20 yil mobaynida Nyu-York shahar sanitariya departamentida ishlagan. 2015-yilning dekabrida Jon Nuzzi vafot etadi.[1][2] Uning oʻlimidan keyin Olivia Nuzzi u haqida The Daily Beast nashrida yozgan.[2] Onasi Kelli Nuzzi 2021-yil fevral oyida vafot etdi. Uning oʻlimidan soʻng, Olivia u haqida New York Magazine jurnalida yozdi.[3] Uning Jonatan ismli akasi bor.[1]

Nuzzi Nyu-Jersining Middletown Township qismidagi River Plaza atrofida voyaga yetgan.[4] U hozir Vashingtonda istiqomat qiladi[4]

Maktab va dastlabki ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nuzzi Janubiy Middletown yuqori maktabida oʻqigan.[4] U oʻzining yozuvchilik faoliyatini 2011-yilda oʻsmirlik chogʻida Nyu-Jersi shtatidagi Asburi Parkda joylashgan triCityNews gazetasida siyosiy sharhlovchi sifatida boshlagan.[4] U shuningdek, siyosiy jihatdan konservativ blog va yangiliklar veb-sayti boʻlgan More Monmouth Musings nashrida ham faoliyat olib borgan.[4]

Kollej va Vayner merligi kampaniyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2013-yilda Fordham universitetida tahsil olayotgan 20 yoshli talaba qiz edi. Shu yili u Entoni Vaynerning Nyu-York merligi kampaniyasida stajyor sifatida toʻrt hafta ishladi.[5][6] Kampaniyadagi qisqa muddat davomida u NSFWcorp tomonidan xodim yozuvchi sifatida ishga qabul qilindi va 2013-yil 28-iyuldagi blog postida Vayner kampaniyasida stajyor sifatida oʻz tajribasini tasvirlab berdi[7] Unda u Vayner oʻzini va boshqa bir stajyor ayolni „Monika“ deb ataganini va ismi oshkor etilmagan manba unga Vayner oʻzining kampaniya boshqaruvchisiga yolgʻon gapirgani, natijada u ishdan boʻshaganini va u kampaniyadan qochib ketgan bir qator xodimlardan biri boʻlganini aytdi.[6]

The New York Daily News gazetasi unga 2013-yil 30-iyulda birinchi sahifada chop etilgan kampaniya haqidagi[8] keyingi maqola yozishni topshirdi.[5] Nuzzi soʻzlariga koʻra, uning baʼzi stajyor hamkasblari kampaniyada ishlaganligining sababi ular Vaynerning rafiqasi Huma Abedin va Abedin orqali uning xoʻjayini Xillari Klinton bilan uchrashib, Klintonning prezidentlik uchun kutilayotgan saylovoldi kompaniyasida ishtirok etishga umid qilishgan boʻlishadi.[5]

Oʻsha kuni eʼlon qilingan Talking Points Memo nashriga bergan intervyusida Vayner kompaniyasining Kommunikatsiyalar boʻyicha rahbari Barbara Morgan, Nuzzi maʼlumotni oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagani va buzganligi, Morgan esa uni ishdan boʻshatishga harakat qilgani, lekin Olivianing iltimosiga koʻra unga ikkinchi imkoniyat berganini aytadi..[9] Keyinchalik Morgan ayblovlari uchun Olivia Nuzzidan kechirim soʻradi, Nuzzi esa uzrni qabul qildi.[10]

Prezidentlik kampaniyalari va Tramp maʼmuriyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nuzzi 2014-yilning may oyida Fordham universitetida oʻqiyotganida The Daily Beast onlayn nashri tomonidan ishga olingan.[11] Nuzzi ishga kirish uchun oʻqishini tugatmasdanoq universitetni tark etdi.[4] The Daily Beast saytida Nuzzi Rend Pol va Kris Kristining prezidentlik kampaniyalarini, shuningdek, Donald Trampning siyosiy yuksalishini yoritib bordi.

2016-yil noyabr oyida Politico nashri Nuzzini prezidentlik saylovlarining „16 Breakout Media yulduzlari“ dan biri deb yozdi.[12] 2016-yil dekabr oyida Mediaite veb-sayti Nuzzini 2016-yilda ommaviy axborot vositalarida „eng nufuzli“ 25 kishidan biri sifatida qayd etdi.[13] 2018-yilda Forbes nashri Nuzzini yillik „30 Under 30“ roʻyxatiga kiritdi.[14]

2017-yil fevral oyida Nuzzi Nyu-York jurnalining Vashingtondagi muxbiri sifatida ish boshladi.[15] U Politico jurnali,[16] GQ, Esquire,[17] va The Washington Post nashrlari uchun ham maqolalar yozgan.[18]

2018-yil boshida Nuzzi prezident Trampning saylovoldi kampaniyasining sobiq menejeri Kori Levandovskining uy ofisiga ruxsatsiz kirib, suratga olganini tan oldi, Levandovski esa uni oʻzining fotoalbomini ham olganlikda aybladi.[19][20] Nuzzi eshik oldida unga hech kim javob bermaganligi sababli uyga kirganini,[21] doʻsti bilan shu toʻgʻrisida telefonda xabarlashgach, u Oliviaga bu qonuniy emasligini va u ketishi kerakligini maslahat berganinigach uydan chiqib ketganini aytadi.[19][21]

2018-yil oktabr oyida Prezident Trampning shaxsan oʻzi Nuzzini eksklyuziv intervyu uchun Oq Uyga taklif qildi.[22]

  1. 1,0 1,1 „John Nuzzi Obituary; Age 60,“ Asbury Park Press, January 13, 2016.
  2. 2,0 2,1 Nuzzi. „Remembering My Dad, a Tough Guy With A Big Heart“. The Daily Beast (21-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  3. Nuzzi, Olivia. „4 Minutes With Jill Biden“. New York Magazine (28-fevral 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 John Burton (February 25, 2016). "What Itʼs Like On The Campaign Trail: Middletownʼs Olivia Nuzzi Reports For The Daily Beast, " The Two River Times.
  5. 5,0 5,1 5,2 "Intern reveals reasons for joining Weiner campaign, " NY Daily News.
  6. 6,0 6,1 „„Source: Weiner’s Campaign Manager Quit Afer Being Lied To (And Heʼs Not The Only Departure)““. 17-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  7. „Anthony Weiner Called Me "Monica"“. NSFWCORP (24-iyul 2013-yil). 4-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  8. „NSFW Corp lays off three, including one famous former Anthony Weiner intern“. POLITICO Media (9-noyabr 2013-yil). 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  9. Hunter Walker. „Top Weiner Aide Trashes Intern Who Wrote Campaign Tell-All“ (inglizcha). TPM (30-iyul 2013-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  10. Garance Franke-Ruta (July 31, 2013). "My Brunch With the Anthony Weiner Intern, " The Atlantic.
  11. „Daily Beast adds congressional reporter“. POLITICO (5-may 2014-yil). Qaraldi: 24-aprel 2016-yil.
  12. „16 breakout media stars of 2016“. POLITICO. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  13. „Mediaite's 2016 Most Influential in News Media“ (inglizcha). www.mediaite.com (7-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  14. „#Under30,“ Forbes.
  15. „New York magazine hires Olivia Nuzzi to cover Trump“. POLITICO (31-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  16. „Portrait of the Governor as a Young Man“. POLITICO Magazine. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  17. „Olivia Nuzzi - Esquire“ (inglizcha). Esquire. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  18. Nuzzi, Olivia. „Five myths about the alt-right“ (inglizcha). The Washington Post (23-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  19. 19,0 19,1 „New York Magazine reporter doubles down as outrage grows over alleged home invasion of Corey Lewandowski's DC crash pad“. Fox News (27-mart 2018-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  20. Flood, Brian. „Corey Lewandowski says lawyer informed New York Magazine it's liable for criminal acts of star reporter“. Fox News (3-may 2018-yil). Qaraldi: 8-may 2018-yil.
  21. 21,0 21,1 „Lewandowski suggests reporter took his photo album“. The Hill (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  22. Nuzzi, Olivia. „My Private Oval Office Press Conference With Donald Trump, Mike Pence, John Kelly, and Mike Pompeo“. New York (10-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.