Olivye de serr
Qiyofa
Olivye de serr — qishki nok navi. Vatani — Fransiya. Oʻzbekistonda 19-asr oxiridan ekila boshlangan. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Hosil shoxlari koʻp, barglari oʻrtacha va mayda, oʻzidan changlanadi. Mevasining oʻrtacha vazni 150—160 g, baʼzan 500—600 g va undan ortiq. Tarkibida 13,68% qand, 23,3% quruq modda, 0,31% kislota bor. Behi payvandtagga ulangan koʻchati 3—4 yilda, yovvoyi nokka payvand qilingani 4—5 yilda hosilga kiradi. 8—10 yoshida tupi oʻrtacha 20–40 kg, 25—30 yoshida 110–120 kg hosil beradi. Hosili sentabr-oktyabr oylarida teriladi, fevral oylarigacha saqlanadi. Oʻzbekistonda qishki noklarning eng shirini hisoblanadi. 1959-yildan respublikaning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |