Kontent qismiga oʻtish

Olmaliqsoy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olmaliqsoy
Olmaliqsoy (quyi qismida, iyulda)
Olmaliqsoy (quyi qismida, iyulda)
Tavsif
Uzunligi 32
Suv sarfi 0,28 m³/s
Davlat Oʻzbekiston


OlmaliqsoyToshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻridagi Novnali dovonidan 3 km gʻarbda (2330 m) bir qancha mayda buloklardan boshlanadi. Olmalik, shahri yaqinida ariqlarga boʻlinib, Ohangaron daryosiga yetmay tugaydi. Uzunligi 32 km, havzasining maydoni 84 km². Yuqori oqimida soy tor va nisbatan chuqur, quyi oqimida keng va yon bagʻirlari yotiq vodiyda oqadi. Qor va yomgir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,28 m³/ sek. Mart—aprelda suvi koʻpayadi. Umumiy uz. 20 km ga yaqin, 8 ta irmogʻi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



[[Turkum:Alfavit boʻyicha daryolar]