Olmaning chirishi
Olmaning achchiq chirishi | |
---|---|
Keng qoʻllaniladigan nomlar | Olma atraknozi, olma achchiq chirishi, achchiq chirish, olmaning achchiq chirishi, Glomerella meva chirishi |
Sabab boʻluvchilar | Colletotrichum acutatum va C. gloeosporioides turlari majmuasi |
Yoʻnalishlar | Yomgʻir taʼsirida |
Tarqalish hududi | Butun dunyo boʻylab issiq nam ob-havo (Tropik iqlim) boʻlgan hududlarda |
Alomatlari | Olma etiga konus shaklida kirib borgan jarohatlar |
Parvarishlash | Kasallikka chidamli olma navlarini ekish, daraxtlarni parvarishlash va meva namligini kamaytirish uchun bogʻdorchilik usullarini yaxshilash, qishlash vaqtida kasallangan novdalar va mevalarni olib tashlash, fungitsidlar |
Olmaning chirishi yoki Olmaning achchiq chirishi — bu olma mevasining zamburugʻli kasalligi boʻlib, ushbu kasallik Colletotrichum acutatum va Colletotrichum gloeosporioides turlari komplekslaridagi bir nechta turlar tomonidan keltirib chiqariladi[1]. Olma eti ichiga konussimon kirib borishi bilan hosil boʻlgan dumaloq jarohatlar bilan aniqlanadi, ular olmaning kasallangan markazi teng yarmidan kesilganda V shaklida koʻrinadi[1]. Bu tropik hududlarda olma mevalariga keng miqyosda ziyon keltiruvchi kasalliklaridan biridir[2].
Umumiy nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Achchiq chirish“ atamasi 1800-yillarda Qoʻshma Shtatlar adabiyotlarida doimiy ravishda ushbu kasallik bilan bogʻlagan holda keltirilgan[3][4][5]. 1950—1980-yillarda Buyuk Britaniya va Irlandiyada Neofabraea (yoki Gloeosporiumning eski sinonimi) turlaridan kelib chiqqan olma chirishining bunday xili uchun „achchiq chirish“ umumiy nomini ishlatadigan adabiyotlar mavjud boʻlgan, hozirgi kunda esa „lentikel chirish“ yoki „buqalar koʻz chirishi“ deb ataladi[6][7][8]. Janubiy Koreya adabiyotida koʻpincha „olma antraknozi“ nomi ishlatiladi[9][10]. Ayrim olimlar C. gloeosporioides va C. acutatum tur komplekslari keltirib chiqaradigan chirishlarni bir-biridan ajratib, ularni mos ravishda „Glomerel chirish“ va „achchiq chirish“ deb atashadi[11]. Biroq „achchiq chirish“ yoki aniqroq holda „olmaning achchiq chirishi“ ingliz adabiyotida ishlatiladigan eng keng tarqalgan atamalardir[12][13][14][15].
Sabab turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy nomlanishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmaning achchiq chirishiga olib keladigan zamburugʻlar birinchi marta 1856-yilda Buyuk Britaniyalik Mayl Berkli tomonidan Gloeosporium fructigenum sifatida tasvirlangan[16]. Berta Stounman keyinchalik G. fructigenumni Pier Andrea Sakkardo sitrus mevasidan olingan Colletotrichum zamburugʻlariga oʻxshashligini kuzatgan[17][18]. 1900-yillarning boshlarida Perli Spaulding va Hermann Von Shrenk Glomerella cingulata nomi ostida bir nechta farq qilib boʻlmaydigan zamburugʻlarni birlashtirdilar[19]. Texnik jihatdan faqat teleomorfning nomi boʻlsa-da, amalda G. cingulata nomi achchiq chirishga sabab boʻladigan, koʻpayishi jinsiy va jinsiy boʻlmagan zamburugʻlar uchun ishlatilgan. Qoʻshma Shtatlarda achchiq chirishga olib keladigan zamburugʻlarni asosan jinssiz, shimoliy shaklga va tezroq oʻsadigan peritetsiya hosil qiluvchi (jinsiy yoʻl bilan koʻpayadigan) janubiy shaklga boʻlish mumkinligi qayd qilingan[20].
Achchiq chirishga sabab boʻlgan zamburugʻni tasvirlash (oʻrganish) uchun kamdan-kam qoʻllanilsa-da, anamorf (jinssiz shakl) odatda qaysi xoʻjayin oʻsimligidan ajratilganiga qarab farq qiladigan bir nechta turli nomlar bilan farqlanadi. 1957-yilda zamburugʻ turlarining yirik tartibsizligidan Jozef Adolf von Arx yagona sistematik birlik yaratdi va 600 dan ortiq zamburugʻ turlarini Colletotrichum gloeosporioides nomiga sinonimlashtirdi[21]. Biroq, von Arx juda uzoqqa bordi va oʻn yildan kamroq vaqt oʻtgach, oʻtkir (uchli) boʻlgan konidiya (jinsiy sporlar) izolatlarini Colletotrichum acutatum deb nomladi[22]. G. cingulata va C. gloeosporioides bir xil zamburugʻlarning teleomorf va anamorf (jinsiy va jinssiz) bosqichlari boʻlsa, C. acutatum anamorf bosqichi boʻlib, teleomorf deyarli kuzatilmagan.
G. singulata nomi keng tarqalgan boʻlsa-da, achchiq chirishga olib keladigan zamburugʻlar 2000-yillarning boshlariga qadar G. cingulata, C. gloeosporioides va C. acutatum nomlari bilan tasniflab kelingan[23].
Hozirgi nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Molekulyar filogenetikaga asoslangan turlarni aniqlashning rivojlanishi bilan jinsiy bosqichni aniqlash muhim boʻlmay qoldi va Colletotrichum ning yagona jins nomi golomorf sifatida tanlandi. Molekulyar filogenetikadan foydalanib, C. gloeosporioides va C. acutatum turlarining barchasi bir necha oʻnlab yangi turlarga boʻlingan va ular ayni vaqtda tur komplekslari sifatida birlashtirilgan[24][25].
C. acutatum turlar majmuasida C. fioriniae, C. godetiae, C. nymphaeae, C. salicis, C. orientalis, C. cuscutae, C. acerbum, C. acutatum, C. melonis, C. rhombiforme, C. limetticola, C. paranaense va C. simmondsii turlari hozirgi vaqtgacha achchiq chirishga sababchi ekanligi aniqlangan[15][13]. Yuqoridagi turlardan C. fioriniae, C. godetiae va C. nymphaeae turlari achchiq chirish bilan bogʻliq boʻlgan, eng keng tarqalgan turlar hisoblanadi[15].
C. gloeosporioides turlar majmuasida C. fructicola, C. chrysophilum, C. siamense, C. noveboracense, C. tropicale, C. alienum, C. theobromicola ( sin. C. fragariae), C. aenigma, C. kahawae, C. gloeosporioides va C. henanense achchiq chirishga sababchi ekanligi aniqlangan[15][26][27]. Yuqoridagilarning C. fructicola, C. chrysophilum, C. siamense va C. noveboracense turlari achchiq chirish bilan bogʻliq boʻlgan, keng tarqalgan turlar hisoblanadi[15][27].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki tur majmuasidan C. gloeosporioides tur majmuasi C. acutatum tur majmuasiga qaraganda yuqori optimal oʻsish haroratiga va tez oʻsishga moyil[15]. C. gloeosporioides tur majmuasi keltirib chiqaradigan chirishlarlarda meva yuzasi silliq, C. acutatum turlar majmuasi keltirib chiqaradigan chirishlar konsentrik halqalarga ega boʻlib, losos rangidagi konidiya massasini hosil qiladi[11]. Ikki turdagi komplekslar ichida alohida turlar bogʻdorchilik jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi hozirda maʼlum emas[27][28]. Ikkala tur kompleksi ham gemibiotroflardir va bu turlarning koʻpchiligining asosiy ekologik nishasi endofit hisoblanadi[29][30][31].
Kasallik sikli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achchiq chirishga olib keladigan Colletotrichum turlari zararlangan mevali mumiyalarda, kurtaklarda, novdalar va novdalar kovaklarida qishlaydi[2]. Nam sharoitda kuzda tuproq yuzasiga tushadigan kasallangan olma keyingi yil zararlashning (kasallik tarqalishi) muhim manbai boʻlolmaydi, chunki Colletotrichum odatda turli parchalovchi zamburugʻlar tomonidan oʻzlashtiriladi[32]. Harorat 10°C dan 32°C gacha boʻlgan barglar namligi davrida sporlar yil davomida tarqaladi[33]. Olma mevasi vegetatsiya vaqtida, spora mavjud boʻlganda va harorat va namlik vaqti infeksiya uchun eng qulay boʻlgan vaqtda infeksiyalanishi mumkin[33]. Gemibiotroflarga xos boʻlgan shaklda, achchiq chirish infeksiyasi chirishga olib kelguniga qadar oʻzini namoyon qiladi, koʻpincha meva pishguniga qadar namoyon boʻlmasligi bilan nekrotrofiyaga (zamburugʻli) chirishga nisbatan chidamsiz boʻladi va chuqur botgan achchiq chirish jarohatlarini hosil qiladi[15][33]. Yozda kasallangan mevalar koʻpincha yigʻim-terimga yaqin yoki undan keyin hech qanday chirish alomatlarini qilmaydi, yaʼni yozda yuqqan kasallik oʻzini namoyon qilish koeffitsienti past boʻladi.
Boshqaruv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madaniy nazorat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmaning achchiq chirishi kasalligi oldini olish, yaxshi bogʻdorchilik amaliyotlaridan boshlanadi, ular achchiq chirishga kamroq moyil boʻlgan daraxtlarni ekish, kasallangan mevalarni, oʻlik novdalar va Antraknozlarni uyqu davrida olib tashlash, sogʻligʻi va kuchini saqlash uchun mukammal parvarishlash amaliyotlarini oʻz ichiga oladi. Daraxtni qurishi va mevaning nam boʻlishini oldini olish uchun daraxtni havo oqimi bilan taʼminlash, daraxtga shakl berish va kesish amaliyotlarini qoʻllash kerak[23].
Fungitsidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaxshi bogʻdorchilik amaliyotlari bilan birga issiq va nam sharoitda, sezgir navlarda achchiq chirishga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun fungitsidlarni muntazam ravishda qoʻllash kerak[23]. Agar roʻyxatdan oʻtgan har qanday fungitsidlar yaxshi davolovchi faollikka ega boʻlsa, infeksiya paydo boʻlishidan oldin qoʻllanishi kerak[33][28]. Achchiq chirishga qarshi kurashda eng samarali fungitsidlar qatoriga koʻp tarmoqli fungitsid — captan, osmotik signal uzatishni parchalovchi — fludioxonil, oksidlovchi fosforillanishni ajratuvchi — fluazinam, QOI inhibitors pyraclostrobin va trifloksistrobin hamda SDHI ingibitori kiradi[28].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Kimberly Leonberger, Madison McCulloch, and Nicole W Gauthier (2019). "Bitter Rot of Apple". University of Kentucky Cooperative Extension Service Plant Pathology Fact Sheet PPFS-FR-T-24. https://plantpathology.ca.uky.edu/files/ppfs-fr-t-24.pdf.
- ↑ 2,0 2,1 John W. Roberts and Leslie Pierce (1935). "Apple bitter rot and its control". U.S. Dept. Of Agriculture Farmers Bulletin (938). OCLC 15355792. http://worldcat.org/oclc/15355792.
- ↑ Willich, A. F. M.. The domestic encyclopaedia; or, A dictionary of facts, and useful knowledge: comprehending a concise view of the latest discoveries, inventions, and improvements, chiefly applicable to rural and domestic economy. Together with descriptions of the most interesting objects of nature and art; the history of men and animals, in a state of health or disease; and practical hints respecting the arts and manufactures, both familiar and commercial, illustrated with numerous engravings and cuts in five volumes. Philadelphia: W.Y. Birch and A. Small, 1804 — 112–113-bet. OCLC 36488723.
- ↑ A Subscriber (1842). "The Bitter-rot in Apples". Western Farmer and Gardener III: 22–23.
- ↑ Alwood, William B. (1890). "Ripe Rot, or Bitter Rot, of Apples". Virginia Agricultural and Mechanical College Agricultural Experiment Station Bulletin 3 (40): 59–82.
- ↑ Kavanagh, J. A. (1969). "Occurrence in Ireland of Bitter Rot of Apples Caused by Gloeosporium album". Irish Journal of Agricultural Research 8: 288.
- ↑ Tan, A. M.; Burchill, R. T. (1972). "The infection and perennation of the bitter rot fungus, Gloeosporium album, on apple leaves". Annals of Applied Biology 70 (3): 199–206. doi:10.1111/j.1744-7348.1972.tb04705.x. ISSN 0003-4746. http://dx.doi.org/10.1111/j.1744-7348.1972.tb04705.x.
- ↑ Rosenberger, David A. (2016). "Bitter rot of apples: Recent changes in what we know and implications for disease management". Proceedings of the Cumberland-Shenandoah Fruit Workers Conference 92: 118–127. http://csfwc.grapepathology.org/wp-content/uploads/2016/06/2016-CSFWC-Proceedings.pdf.
- ↑ Kim, Young Soo; Balaraju, Kotnala; Jeon, Yongho (2016). "Biological Control of Apple Anthracnose by Paenibacillus polymyxa APEC128, an Antagonistic Rhizobacterium" (en). The Plant Pathology Journal 32 (3): 251–259. doi:10.5423/PPJ.OA.01.2016.0015. ISSN 1598-2254. PMID 27298600. PMC 4892821. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4892821.
- ↑ Kim, Chi Hyun; Hassan, Oliul; Chang, Taehyun (2020). "Diversity, Pathogenicity, and Fungicide Sensitivity of Colletotrichum Species Associated with Apple Anthracnose in South Korea" (en). Plant Disease 104 (11): 2866–2874. doi:10.1094/PDIS-01-20-0050-RE. ISSN 0191-2917. PMID 32924872.
- ↑ 11,0 11,1 „Glomerella Leaf Spot and Fruit Rot | NC State Extension Publications“ (en-US). content.ces.ncsu.edu. 2022-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
- ↑ Grammen, Amelie; Wenneker, M.; Van Campenhout, J.; Pham, K. T. K.; Van Hemelrijck, W.; Bylemans, D.; Geeraerd, A.; Keulemans, W. (2018). "Identification and pathogenicity assessment of Colletotrichum isolates causing bitter rot of apple fruit in Belgium". European Journal of Plant Pathology 153 (1): 47–63. doi:10.1007/s10658-018-1539-z. ISSN 0929-1873. http://dx.doi.org/10.1007/s10658-018-1539-z.
- ↑ 13,0 13,1 Liang, Xiaofei; Zhang, Rong; Gleason, Mark L.; Sun, Guangyu (2021). "Sustainable Apple Disease Management in China: Challenges and Future Directions for a Transforming Industry" (en). Plant Disease 106 (3): PDIS–06–21-1190-FE. doi:10.1094/PDIS-06-21-1190-FE. ISSN 0191-2917. PMID 34698518.
- ↑ Rockenbach, Mathias F.; Velho, Aline C.; Gonçalves, Amanda E.; Mondino, Pedro E.; Alaniz, Sandra M.; Stadnik, Marciel J. (2016). "Genetic Structure of Colletotrichum fructicola Associated to Apple Bitter Rot and Glomerella Leaf Spot in Southern Brazil and Uruguay" (en). Phytopathology 106 (7): 774–781. doi:10.1094/PHYTO-09-15-0222-R. ISSN 0031-949X. PMID 27019063.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 15,5 15,6 Dowling, Madeline; Peres, Natalia; Villani, Sara; Schnabel, Guido (2020). "Managing Colletotrichum on Fruit Crops: A "Complex" Challenge" (en). Plant Disease 104 (9): 2301–2316. doi:10.1094/PDIS-11-19-2378-FE. ISSN 0191-2917. PMID 32689886.
- ↑ Berkeley, Miles (1856). "Disease in Apples". Garden Chronicles: 245.
- ↑ Stoneman, Bertha (1898). "A Comparative Study of the Development of Some Anthracnoses". Botanical Gazette 26 (2): 69–120. doi:10.1086/327721. ISSN 0006-8071.
- ↑ Saccardo, Pier Andrea (1884). "Seconda contribuzione allo studio dei funghi agrumicoli". Atti del Reale Istituto Veneto di Scienze, Lettere ed Arti 5: 670–671.
- ↑ von Schrenk, Hermann; Spaulding, Perley (1903). "The Bitter-Rot Fungus". Science 17 (436): 750–751. doi:10.1126/science.17.436.750-b. ISSN 0036-8075. http://dx.doi.org/10.1126/science.17.436.750-b.
- ↑ Edgerton, Claude Wilbur (1908). "The Physiology and Development of Some Anthracnoses". Botanical Gazette 45 (6): 367–408. doi:10.1086/329594. ISSN 0006-8071.
- ↑ von Arx, Josef Adolf (1957). "Die Arten der Gattung Colletotrichum Cda". Phytopathologische Zeitschrift 29: 418–468.
- ↑ Simmonds, J. H. (1965). "A study of the species of Colletotrichum causing ripe fruit rots in Queensland". Queensland Journal of Agricultural and Animal Sciences 22: 437–459.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 Sutton, Turner. Compendium of Apple and Pear Diseases, Second Edition. St. Paul, Minnesota: The American Phytopathological Society, 2014 — 20–21-bet. ISBN 9780890544334.
- ↑ Weir, B.S.; Johnston, P.R.; Damm, U. (2012). "The Colletotrichum gloeosporioides species complex". Studies in Mycology 73 (1): 115–180. doi:10.3114/sim0011. ISSN 0166-0616. PMID 23136459. PMC 3458417. http://dx.doi.org/10.3114/sim0011.
- ↑ Damm, U.; Cannon, P.F.; Woudenberg, J.H.C.; Crous, P.W. (2012). "The Colletotrichum acutatum species complex" (en). Studies in Mycology 73 (1): 37–113. doi:10.3114/sim0010. PMID 23136458. PMC 3458416. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3458416.
- ↑ Khodadadi, Fatemeh; González, Jonathan B.; Martin, Phillip L.; Giroux, Emily; Bilodeau, Guillaume J.; Peter, Kari A.; Doyle, Vinson P.; Aćimović, Srđan G. (2020). "Identification and characterization of Colletotrichum species causing apple bitter rot in New York and description of C. noveboracense sp. nov." (en). Scientific Reports 10 (1): 11043. doi:10.1038/s41598-020-66761-9. ISSN 2045-2322. PMID 32632221. PMC 7338416. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7338416.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 Martin, Phillip L.; Krawczyk, Teresa; Khodadadi, Fatemeh; Aćimović, Srđan G.; Peter, Kari A. (2021). "Bitter Rot of Apple in the Mid-Atlantic United States: Causal Species and Evaluation of the Impacts of Regional Weather Patterns and Cultivar Susceptibility" (en). Phytopathology 111 (6): PHYTO–09–20–043. doi:10.1094/PHYTO-09-20-0432-R. ISSN 0031-949X. PMID 33487025.
- ↑ 28,0 28,1 28,2 Martin, Phillip L.; Krawczyk, Teresa; Pierce, Kristen; Thomas, Catherine Anne; Khodadadi, Fatemeh; Aćimović, Srđan; Peter, Kari (2021). "Fungicide sensitivity of Colletotrichum species causing bitter rot of apple in the Mid-Atlantic United States" (en). Plant Disease 106 (2): 549–563. doi:10.1094/PDIS-06-21-1142-RE. ISSN 0191-2917. PMID 34353127. https://apsjournals.apsnet.org/doi/10.1094/PDIS-06-21-1142-RE.
- ↑ Münch, Steffen; Lingner, Ulrike; Floss, Daniela S.; Ludwig, Nancy; Sauer, Norbert; Deising, Holger B. (2008). "The hemibiotrophic lifestyle of Colletotrichum species" (en). Journal of Plant Physiology 165 (1): 41–51. doi:10.1016/j.jplph.2007.06.008. PMID 17765357. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S0176161707001356.
- ↑ Rojas, Enith I.; Rehner, Stephen A.; Samuels, Gary J.; Van Bael, Sunshine A.; Herre, Edward A.; Cannon, Paul; Chen, Rui; Pang, Junfeng et al. (2010). "Colletotrichum gloeosporioides s.l. associated with Theobroma cacao and other plants in Panamá: multilocus phylogenies distinguish host-associated pathogens from asymptomatic endophytes" (en). Mycologia 102 (6): 1318–1338. doi:10.3852/09-244. ISSN 0027-5514. PMID 20943565. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.3852/09-244.
- ↑ Martin, Phillip L.; Peter, Kari A. (2021). "Quantification of Colletotrichum fioriniae in Orchards and Deciduous Forests Indicates It Is Primarily a Leaf Endophyte" (en). Phytopathology 111 (2): 333–344. doi:10.1094/PHYTO-05-20-0157-R. ISSN 0031-949X. PMID 32729787.
- ↑ Martin, Phillip L.; King, William L.; Bell, Terrence H.; Peter, Kari A. (2022). "The Decay and Fungal Succession of Apples with Bitter Rot Across a Vegetation Diversity Gradient" (en). Phytobiomes Journal 6 (1): 26–34. doi:10.1094/PBIOMES-06-21-0039-R. ISSN 2471-2906. https://apsjournals.apsnet.org/doi/10.1094/PBIOMES-06-21-0039-R.
- ↑ 33,0 33,1 33,2 33,3 Martin, Phillip L.; Peter, Kari (2023). "Spore dispersal patterns of Colletotrichum fioriniae in orchards and the timing of apple bitter rot infection periods" (en). Plant Disease: PDIS–08–22-1966-RE. doi:10.1094/PDIS-08-22-1966-RE. ISSN 0191-2917. https://apsjournals.apsnet.org/doi/10.1094/PDIS-08-22-1966-RE.