Olmazor yengil sanoat kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollej

Kollej 1980-yil 22-avgustda oʻz faoliyatini boshlagan. Taʼlim muassasa ilgari 228-PTU, 46-XTBYu,19-KXM, S.Raximov Yengil sanoat KXK nomlari bilan atalgan boʻlib, 2011-yilda esa Olmazor engil sanoat kasb–hunar kolleji nomi bilan atalgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812 Farmoniga asosan Olmazor Yengil sanoat kasb-hunar kolleji Olmazor engil sanoat kolleji deb nomlanib qayta tashkil etilgan. Kollejda 11-yillik umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Kollejning 3 qavatli yangi oʻquv binosi 2009-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan. Hozirda kollejning zamonaviy tarzda bunyod etilgan oʻquv binosida oʻquvchilarning bilim olishlari va yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Oʻzbekistonda yengil sanoatning izchil rivojlanishi natijasida kollejda tayyorlanadigan mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj yil sayin oʻsmoqda. Kollejda maxsus fan darslarni oʻtish uchun meyoriy talablar darajasida jihozlangan maxsus fan xonalari zamonaviy mebel, kompyuter texnikasi va oʻquv–metodik vositalar mavjud. Kompyuter proeksion koʻrgazmali qurollar boʻlib, darslarda mulyajlar, video filmlar, slayd va jadvallar hamda proeksion koʻrgazmali qoʻllanmalardan samarali foydalangan holda dars mashgʻulotlari olib boriladi.
Kollejda amaliyot jarayonini tashkil etish uchun 6 ta oʻquv trening xonalar tashkil etilgan. Oʻquv amaliyoti fanlaridan 2 ta yaʼni Dizayn studiya va Koʻrgazmalar zali tashkil qilingan. Shuningdek, Yengil sanoat yoʻnalishi uchun oʻquv reja asosida oʻquv xonalar tashkil qilingan. Mutaxassislik fanlaridan amaliy mashgʻulotlarning yuqori saviyada oʻtilishiga toʻliq imkon yaratilgan.
Kollej bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash maqsadida 20 ta korxona bilan faol hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, ulardan 10 dan ortigʻi xorijiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan korxonalardir. Oʻtgan besh yil davomida barcha bitiruvchilar toʻliq ish bilan taʼminlandilar. "Oʻzbekistondagi professional taʼlim tizimini islox qilish va modernizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash" loyihasi doirasida 2021-yil 20-dekabrda Germaniya xalqaro xamkorlik jamiyati (GIZ) va Uztoʻqimachiliksanoat uyushmasi va Kollej oʻrtasida memorandum imzolangan.

Faxriy xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rozamuratova Marxabo

Rozamuratova M.A 1988-yildan buyon Olmazor engil sanoat kollejida faoliyat yuritib kelmoqda va avval ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, keyinchalik maxsus fan oʻqituvchisi lavozimida ishlagan. Oʻqituvchilik faoliyati davomida esa maxsus fanlarni oʻqitish va oʻquvchilar faoliyatini oshirish va tanlagan kasbi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etdi. Tikuv buyumlarini loyixalash va modellashtirish fanidan kollej oʻquvchilariga moslab maʼruza matnlar tayyorladi va kollej miqyosida uning tajribasi ommalashtirildi. 1996-yilda mutaxassislik fanlaridan test topshiriqlari toʻplami chop etildi va Eng yaxshi mutaxassis koʻrik tanlovining Respublika bosqichida shu testlardan keng foydalanildi.
1996-yil, 9-13 aprel kunlari Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 5 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi pedagogik oʻqishlarida Bozor iqtisodiyoti sharoitida hunar taʼlimini tashkil etish va metodlarini takomillashtirish shoʼbasida Kiyim loyixalash asoslari va tikuvchilik texnologiyasi fanlarini oʻqitishning yangi noanʼanaviy metodlari mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etgan.
1996-yil may oyida Xorazm shahrida boʻlib oʻtgan Eng yaxshi mutaxassis koʻrik tanlovining Respublika bosqichida oʻquvchisi qatnashdi va faxrli 1- oʻrinni egalladi.
1996-yil 18-iyulda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan Xalq taʼlimi fidoiysi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Rozamuratova M. A. tajribali pedagog, mohir rahbar va fidoiy inson sifatida yangi pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy oʻquv- texnik vositalardan samarali foydalangan holda darslarni tashkil etib, mamlakatimiz engil sanoati sohasiga yuksak maʼnaviyatli, yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʻshib, el-yurt hurmatini qozonib kelmoqda. Ish faoliyati davomida pedagog kadrlarni tanlash va joylashtirish, pedagog kadrlarning oʻz ustida ishlashlari, malaka oshirishlarida va dars jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etishlarida, ularga amaliy va uslubiy yordam berib kelmoqda.

Yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda kollejda kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual taʼlim taʼlim shaklida 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqitiladi bular:

  • 1 Tikuvchi
  • 2 Yakka tartibda kiyim tikuvchisi
  • 3 Tikuvchilikda andoza tayyorlash
  • 4 Tikuvchilik maxsulotlari dizayneri
  • 5 Tikuv maxsulotlarini konstruktorlashtirish, modellashtirish texnologiyasi
  • 6 Buxgalter
  • 7 Sartarosh modeler
  • 8 Oshpaz
  • 9 Kompyuter tizimlari va majmualari
  • 10 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Logotip

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor koʻchasi 313 uy.