Kontent qismiga oʻtish

Oloy dehqon bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oloy dehqon bozori
Joylashuv 100084, Amir Temur koʻchasi, 40, Yunusobod tumani, Toshkent
Turi Bozor
Ochilish sanasi 1928-yil
Vebsayt oloy-bozori.uz
Xarita

"Oloy" dehqon bozori — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Toshkent shahridagi yirik bozorlardan biri. 1996-yil 13-martdan „OAJ“ga aylantirilgan. „Toshbozor-tayyorlovsavdo“ uyushmasi tizimiga kiradi.

Bozorning eski koʻrinishidagi rastalar
Bozorning eski koʻrinishidagi rastalar, 1-aprel 1992-yil

Bozor tarixi XII asrlarga borib taqaladi[1]. Bozorga ushbu maskanga yaqin bo'lgan hududda joylashgan tog' nomi berilgan[1]. Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi savdo karvonlari oʻzaro tijorat qilishi uchun xizmat qilgan. Bozorga 1928-yilda asos solingan. Bir necha marta taʼmirlangan, oxirgi marta „Tashgiprogor“ loyiha instituti tomonidan tayyorlagan loyiha asosida 1993-yilda toʻla taʼmirdan chiqqan. 2006-yilda esa 250 savdo oʻrinli hoʻl mevalar sotish rastasi rekonstruksiya qilindi, 72 ta gul savdo doʻkonlari, 2007-yil issiq non yopib beruvchi novvoyxona qurildi.

Bozorda axoliga oldi-sotdini qulaylashtirish maqsadida har bir mahsulot turlari uchun alohida joy ajratilgan rastalar tashkil etilgan. Umumiy maydoni 79238 m², savdo oʻrinlari soni 1453 ta, hoʻl va quruk mevalar, sabzavotlar, tropik mevalar, issiqxonada yetishtirilgan pomidor, bodring, don mahsulotlari, ziravor va dorivor, asal, tuxum, koʻkatlar va boshqalar bilan sadvo qilinadi.

Atrofidagi obyektlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bozor yaqinida Abdulla Qodiriy va Yunus Rajabiy metro bekatlari, bosh pochta markazi, „Dedeman silk Road Tashkent“ mexmonxonasi, „Turon“ toʻyxonasi, „Toshshaxar- transxizmat“ uyushmasi bor[2].

Bozorningjanubiy qismida Usmon Nosir koʻchasi, gʻarbiy qismida Amir Temur koʻchasi joylashgan.

  1. 1,0 1,1 „Алайский базар“ (ru). Qaraldi: 18-noyabr.
  2. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.