Kontent qismiga oʻtish

Oltin Dziga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin Dziga
Asl nomi ukraincha: Золота дзиґа
Mamlakat Ukraina Ukraina
Turi Milliy kino mukofoti
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2017-yil
Birinchi taqdirlash 2017-yil 20-aprel
Navbat

Oltin Dziga (ukraincha: Золота дзиґа) — Ukraina kinosini rivojlantirishdagi professional yutuqlari uchun beriladigan Ukraina milliy kino mukofoti. 2017-yilda Ukraina kino akademiyasi tomonidan tashkil etilgan, birinchi taqdirlash marosimi 2017-yilning 20-aprelida „Fairmont Grand Hotel Kyiv“da boʻlib oʻtgan[1].

Filmlarni tanlash va gʻoliblarni aniqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi Milliy kinomukofot uchun filmlarni qabul qilish 2017-yilning 20-fevralidan 20-martigacha davom etgan. 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha premerasi boʻlgan filmlar saralash jarayonida ishtirok etish uchun qabul qilingan. Birinchi Milliy kino mukofoti uchun tanlovda ishtirok etgan filmlarning toʻliq roʻyxati (longlist) 54 ta filmdan iborat boʻlgan: ulardan 12 tasi toʻliq metrajli badiiy filmlar, 15 tasi qisqa metrajli badiiy filmlar, 19 tasi hujjatli, 8 ta animatsion filmlar. Kinomukofotda jami 76 ta film taqdim etilgan[2]. ⁣

Birinchi Milliy kino mukofot gʻoliblari Kino akademiyasining barcha aʼzolari tomonidan uch bosqichli ovoz berish yoʻli bilan saralanib olingan. Bugungi kunda, Kino mukofot gʻoliblari Ukraina kino akademiyasi aʼzolarining ikki bosqichli ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

2017-yil 3-aprel kuni Kinoakademiya kengashi Birinchi Milliy kinomukofot uchun 17 nafar nomzoddan iborat qisqa roʻyxatni (shortlist) eʼlon qilgan[3].

Oltin Dziga mukofoti quyidagi 22 nominatsiya boʻyicha gʻoliblarga beriladi (2020-yil)[4]:

  • Eng yaxshi film
  • Eng yaxshi rejissyor (Yuriy Ilyenko mukofoti)
  • Eng yaxshi bosh rol ijrochisi
  • Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa
  • Eng yaxshi kinematograf
  • Eng yaxshi ssenografiya
  • Eng yaxshi ssenariy
  • Eng yaxshi bastakor
  • Eng yaxshi hujjatli film
  • Eng yaxshi animatsion film
  • Eng yaxshi qisqa metrajli film
  • Eng yaxshi vizajist (2018 yildan beri)[5]
  • Eng yaxshi kostyum dizayneri (2018-yildan buyon)[5]
  • Eng yaxshi ovoz rejissyori (2018-yildan buyon)[6]
  • Eng yaxshi qoʻshiq (Artist Awards) (2019-yildan buyon)[7]
  • Eng yaxshi vizual effektlar uchun mukofot
  • Eng yaxshi tahrir (mukofot 2019-yildan buyonberiladi)[7]
  • Yil kashfiyoti
  • Ukraina kinematografiyasining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi
  • Tomoshabinlar mukofoti (2018-yildan buyon beriladigan mukofot)[8][9][10]

Milliy kinomukofotning asosiy ramzi — „Oltin Dziga“ haykalchasi boʻlib, u Ukraina kinosining tez va tinimsiz rivojlanishini anglatadi (ukraincha: дзиґа— oʻzbekcha: yula)[11]. Bundan tashqari, nom taniqli kinematograf Dziga Vertovning ijodiy merosini ham oʻzida namoyon etadi va unga nisbatan cheksiz hurmatni ifodalaydi[12][13]. Dziga Vertov — David Abelovich Kaufmanning taxallusidir. D. A. Kaufman, 1896-yilda Belystokda tugʻilgan, 1954-yilda Moskvada vafot etgan. U kashshof va mashhur kinodokumentalistga aylangan, uning 1929-yilda suratga olingan „Kinokamerali odam“ filmi Britaniyaning „Sight & Sound“ jurnali tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi hujjatli filmi sifatida eʼtirof etilgan[14].

Mukofot nomi muallifi Media Group Ukraina strategik marketing direktori Olga Zaxarova hisoblanadi.

Haykalcha ukrainalik rassom Nazar Bilik tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u „Oltin Dziga“ ni quyidagicha taʼriflagan: „Kompozitsiyaning asosiy elementi plyonkadan yasalgan ramka va dinamik ravishda aylanadigan oltin toʻrtburchak shakl oʻzida kinematografiyani ifodalaydi. Shakliga koʻra, haykalcha boʻron, olov, oʻt singari timsollarga oʻxshaydi. Bularning barchasi milliy kinoning rivojlanishi va yangilanishi ramzidir“[15].

Taqdirlash marosimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marosim Sana Eng yaxshi kino Joy Marosim boshlovchisi
1-chi 2017-yil 20-aprel Gnizdo gorlitsi[16] Kiyev, Fairmont Grand Hotel Kyiv Oleksandr Skichko[17]
2 2018-yil 20-aprel [18] kiborgi:Geroi ne vmirayut[19] Kiev, Parkovy kongress va koʻrgazma markazi Axtem Seitablayev va Vasilisa Frolova[20]
3 2019-yil 19-aprel[21] Donbass[22] Kiyev, Parkovy kongress va koʻrgazma markazi Darya Tregubova va Oleg Panyuta[23]
4 2020-yil 3-may[24] Moi dumki tixi onlayn[24] Darya Tregubova va Timur Miroshnichenko[25]
  1. Lіlіya Zіnchenko. Ogolosheno peremojsіv ukraїnskoї kіnopremії „Zolota dziґa“. Detektor medіa. 20.04.2017. Protsitovano 21.04.2017.
  2. Natsіonalna Kіnopremіya: ogolosheno longlist nomіnantіv na ofіsіynomu saytі Natsіonalnoї kіnoakademії. Protsitovano 06.04.2017
  3. Nomіnanti (Wayback Machine saytida 6 April 2017[Date mismatch] sanasida arxivlangan) na ofіsіynomu saytі Ukraїnskoї kіnoakademії. Protsitovano 06.04.2017
  4. Ukraїnskiy „Oskar“ otrimav fіlm „Moї dumki tixі“ lviv.ua 04.05.2020
  5. 5,0 5,1 Національну кінопремію "Золота Дзиґа" вручатимуть у 4 нових номінаціях, 2017
  6. Сценарна майстерня. Національну кінопремію "Золота Дзиґа" вручатимуть у 4 нових номінаціях, 2017-10-05, 2017-10-05da asl nusxadan arxivlandi
  7. 7,0 7,1 Прийнято регламент Третьої Національної кінопремії України "Золота Дзиґа" (ukrain)
  8. Кінопремія (ukrain)
  9. Другу кінопремію «Золота дзиґа» вручать 19 квітня 2018 року (ukrain), 2017-07-19
  10. Вибір глядача: правила онлайн-голосування - Афиша - Правила проведення онлайн-голосування в номінації "Вибір глядача" Національної кінопремії "Золота Дзиґа", 2018-04-22, 2018-04-22da asl nusxadan arxivlandi
  11. V Ukraїnі stvoreno Natsіonalnu kіnoakademіyu ta kіnopremіyu „Zolota dziґa“ // DM, 20 lyutogo 2017
  12. V Ukraїnі stvoreno Natsіonalnu kіnoakademіyu ta kіnopremіyu „Zolota dziґa“ // DM, 20 lyutogo 2017
  13. The First Annual Golden Dziga (ingliz (Amerika)), 2017-05-05
  14. „The Greatest Documentaries of All Time – all the votes“, Sight & Sound, 2022-01-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2024-05-25
  15. Natsіonalna Kіnopremіya prezentuє golovniy simvol — statuetku „Zolota Dziґa“ na ofіsіynomu saytі Natsіonalnoї kіnoakademії. Protsitovano 12.04.2017
  16. Strіchka „Gnіzdo gorlitsі“ peremogla v nomіnatsії „Naykraщiy fіlm“. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 21.04.2017. Protsitovano 21.04.2017.
  17. Veduchim seremonії vruchennya Pershoї Natsіonalnoї Kіnopremії stane Oleksandr Skіchko. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 9.03.2017. Protsitovano 11.03.2017.
  18. Natsіonalnu kіnopremіyu „Zolota Dziґa“ vruchatimut u 4 novix nomіnatsіyax. Arxіv origіnalu za 13 jovten 2017. Protsitovano 13 jovten 2017.
  19. Dasha Plaxtіy, Vyacheslav Dovjenko, Natalya Vorojbіt ta іnshі — laureati kіnopremії „Zolota Dziґa“. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 20.04.2018. Arxіv origіnalu za 08.08.2018. Protsitovano 22.04.2018.
  20. Veduchimi „Zolotoї Dziґi“ stanut Axtem Seіtablaєv і Vasilіsa Frolova. Detektor medіa. 27 lyutogo 2018. Protsitovano 1.03.2018.
  21. Priynyato reglament Tretoї Natsіonalnoї kіnopremії Ukraїni „Zolota Dziґa“. Ofіsіyniy veb-sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 20.11.2018. Protsitovano 21.11.2018.
  22. Lіlіya Zіnchenko. Ogolosheno peremojsіv kіnopremії „Zolota Dziґa 2019“ (POVNIY PYeRYeLІK). Detektor medіa. 19.04.2019. Protsitovano 19.04.2019.
  23. Veduchimi „Zolotoї Dziґi 2019“ stanut Dar’ya Tregubova ta Oleg Panyuta. Detektor medіa. 18 lyutogo 2019. Protsitovano 19.02.2019.
  24. 24,0 24,1 Onlayn-seremonіya chetvertoї natsіonalnoї kіnopremії „Zolota Dziґa“ proyde 3 travnya. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademіya. 06.04.2020. Protsitovano 06.04.2020.
  25. Veduchimi onlayn-seremonії vruchennya Chetvertoї Natsіonalnoї kіnopremії stanut Dar’ya Tregubova ta Tіmur Mіroshnichenko. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademіya. 24.04.2020.