Oltin Oʻrda: Turon
Qiyofa
Oltin Oʻrda: Turon | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Doomers Entertainment |
Chiqarilgan sana | Q3/Q4 2025[1] |
Boshqaruvchi | Mamadkhanov Firdavs |
Janr | Ekshen/RPG, tirik qolish |
Platformalar |
Microsoft Windows PlayStation Xbox |
Yuritkich | Unreal Engine 5 |
Oʻyin rejimlari | Yolgʻiz oʻyinchili |
Boshqaruv | klaviatura va sichqoncha |
Oltin Oʻrda: Turon yoki The Golden Horde: Turan — chiqarilishi kutilayotgan birinchi shaxsdan oʻynaladigan sarguzasht RPG videooʻyin. Oʻyin voqea-hodisalari Moʻgʻullar davlati bosib olgan oʻrta asrlardagi Markaziy Osiyo hududida yuz beradi[1].
XIII asrga kelib Moʻgʻul davlatida siyosiy mashmashalar avj oladi. Hokimiyatni ikkita katta moʻgʻul urugʻlari boʻlib olishi natijasida Oʻrta Osiyoda yashovchi turkiylar oʻzlariga kuchli tomonni tanlab, ular bilan til biriktirishiga toʻgʻri keladi. 1250-yilda tomonlarning manfaati toʻqnash kelgan Qoʻshrabot va Paqir kabi talash yerlardan oʻyin hikoyasi boshlanadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Oʻyinning „President Tech Award“ tanlovida koʻrsatilgan taqdimoti“. President Tech Award.
- ↑ „„Oltin Oʻrda: Turon“ oʻyinining rasmiy sayti“. The Golden Horde.