Oltin baliq
Oltin baliq (Carassius auratus auratus) — tovonbaliq (karas)ning xonakilashtirilgan kenja turi. Dastlab xitoy suv havzalarida 7—9-asrlarda tovonbaliqning sariq va qizil mutantlarini uzoq vaqt tanlash natijasida yetishtirilgan. Tovonbaliqdan sar-gʻish tillarang tusi, qisqa va keng (sharsimongacha) tanasi, suzgichlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Koʻp asrlar davomida olib borilgan seleksiya va duragaylash natijasida bir-biridan rangi, katta-kichikligi, gavdasi, boshi va suzgichlari shakli, koʻzining oʻlchami va joylashgan oʻrni, boshqa belgilari bilan farq qiladigan yuzlab zotlari yaratilgan. Oltin baliqning eng koʻp tarqalgan zotlari teleskop (koʻzlari boʻrtib chiqqan), sher-bosh (boshida har xil oʻsimtalar bor), vual dum (dumi uzun, ikkiga ajralgan, tanasi kalta), diakin (dumi kapalakka oʻxshash), kometa (dumi tanasidan 3—4-marta uzun) va boshqa zotlari koʻp boqiladi. Odatda, bahorda 3 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Oltin baliq ovqat tanlamaydi. Genetik va boshqa eksperimentlarda foydalaniladi. 35—40 yil yashaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |