Kontent qismiga oʻtish

Oltin vodiy koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin vodiy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Sergeli
Uzunligi 1 km
Avvalgi nomlari Vengriya koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Mexanika-taʼmirlash zavodi
359-bogʻcha
„Fayz Xundeyshn“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi

Oltin vodiy koʻchasi — Sergeli tumanining „Oltin vodiy“ mahallasi hududida. Bezakchilik koʻchasi bilan Oltin vodiy 3-berk koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1 km atrofida.

XX asrning 50-yillarida tashkil topgan. Dastlab Vengriya koʻchasi deb yuritilgan. 1997-yil 18-dekabrda „Oltin vodiy“ nomi berilgan. Tarkibida 2 ta tor va 2 ta berk koʻcha mavjud[1].

Yoʻnalishida „Fayz Xundeyshn“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi, Mexanika-taʼmirlash zavodi, „Qurilish lizing“ korxonasi, 359-bogʻcha, militsiya tayanch punkti, savdo shoxobchasi, dorixona, pochta, firma ofislari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida „Toshshaharnur“, „Shamol“, „Vagon restoran“ va „Gyottegrup“ korxonalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.