Kontent qismiga oʻtish

Oltinbek Nuraliyevich Nuraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltinbek Nuraliyevich Nuraliyev (1912.28.4, Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyati Tumanariq qishlogʻi — 2002.19.8, Toshkent) — paxtani qayta ishlash sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Toshkent toʻqimachilik institutini tugatgan (1938). Samarqand va Xorazm viloyatidagi paxta tayyorlash trestlarida bosh muhandis (1938—45), Oʻzbekiston Yengil sanoat vazirligi paxta bosh boshqarmasi boshligʻi (1945—46), SSSR Yengil sanoat vazirligi Paxta tozalash sanoati Markaziy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1946—74), laboratoriya mudiri va katta ilmiy xodim (1974—94), ayni paytda Oʻzbekiston paxtachilik vaziri oʻrinbosari (1953— 1954), "Xlopkovaya promishlennost" ("Paxta sanoati") jurnal bosh muharriri (1954—74). Oltinbek Nuraliyevich Nuraliyevning ilmiy asarlari va ixtirolari paxtani, ayniqsa, mashina terimi paxtasini qayta ishlashning yangi texnika va ilgʻor texnologiyasini yaratish (Nuraliyev paxta quritgichi, parrakli quritgich, OVP va ZOVP tola tozalagichlar, panjarali arrali CHX-3 paxta tozalagich va boshqalar), paxta tozalash sanoati uchun yangi texnika va texnologiyani joriy etish ma-salalariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1994). N[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil