Kontent qismiga oʻtish

Omad hamisha kelavermaydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omad hamisha kelavermaydi
Раз на раз не приходится
Rejissyor(lar) Araik Gabriyelyan
Ssenariynavis(lar) Valintin Yejov, Albert Ivanov
Rollarda Armen Jigarxanyan, Leonid Kuravlyov, Borislav Brondukov
Bastakor(lar) Yevgeniy Krilatov
Studiya(lar) Mosfilm
Chiqarilgan sanasi 1987
Davomiyligi 77 daqiqa
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Til ruscha

Omad hamisha kelavermaydi (ruscha: Раз на раз не приходится) — rejissyor Araik Gabrielyan tomonidan suratga olingan komediya, satirik badiiy film[1].

Qamoqxonadan endigina ozod etilgan Papashin qurilish trestiga ishga joylashadi va u yerda prorab vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Unga ikki ishchi biriktiriladi. Brigadaning vazifasi eski binolarni buzishdan iborat edi. Ular buzilayotgan uylardan birining pechida berkitib qoʻyilgan oltin quymalardan iborat xazinani topib oladilar. Shunday qilib bu shovvozlar bir dilemmaga duch kelishdi: xazinani davlatga topshirish yoki uni noqonuniy tarzda sotish. Ular ikkinchi variantni tanlaydilar, ammo Sovet davrida bunday xazinani sotish va hatto shunchaki yashirish ham juda qiyin ishlardan biri edi. Ushbu xazinani qanday saqlash haqida bosh qotirib uchovlon oʻz uyqu va tinchligini yoʻqotadilar, natijada ular ushbu xazinadan ayriladilar.

  • Armen Jigarxanyan — Papashin
  • Leonid Kuravlyov — Fedor Romanov
  • Borislav Brondukov — Vasiliy Izmailov
  • Lyubov Polishchuk — Smirnova
  • Viktor Kremlev — politsiya serjanti, Papashinning jiyani
  • Vladimir Burlakov — qabriston direktori
  • Vitaliy Varganov — zargar
  • Anatoliy Vedenkin — usta Evgeniy Vasilyevich
  • Mariya Vinogradova — vokzaldagi kampir
  • Boris Ivanov — zavodning kadrlar boʻlimi boshligʻi
  • Kapitolina Ilyenko — qabristondagi kampir
  • Nina Krachkovskaya — Romanovning doʻsti
  • Aleksandr Kudinov — „Shved“
  • Tatyana Mitrushina — stantsiya navbatchisi
  • Vladimir Ferapontov — ruhoniy

Suratga olish guruhi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rejissyor: Arayik Gabrielyan
  • Mualliflar: Valentin Ejov, Albert Ivanov
  • Operator: Sergey Zaitsev
  1. «Раз на раз не приходится» Filmning toʻliq versiyasi «Раз на раз не приходится» ,joylangan tarmoq на YouTube
  • Omad hamisha kelavermaydi // Uy kinoteatri: Rus kinosi 1918-1996 / Sergey Zemlyanuxin, Miroslava Segida. — M.: „Double-D“, 1996. — 520 b. — 373-bet
  • Soʻnggi sovet komediyasi // Nina Aleksandrovna Tsyrkun — Armen Jigarxanyan. — Panorama, 2000-173 b. — 109-bet