Omonat shartnomasi
Omonat shartnomasi (OʻzR da) — shartnoma turlaridan biri. Bunda bir taraf (omonat saqlovchi) ikkinchi taraf (saklashga topshiruvchi) bergan ashyoni sakdash va bu ashyoni toʻla holda qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlashdan asosiy maqsad ashyolarning butligini taʼminlashdan, unga oʻzga shaxslar tomonidan zarar yetkazilishi va oʻzlashtirib olinishidan asrashdan iborat. Shartnoma boʻyicha topshirilgan mulkning saqlanishi va uni albatta butun holda qaytarilishi nazarda tutiladi. Omonat shartnomasi yozma shaklda boʻladi. Undan tashkari omonat saqlashga topshirishda beriladigan patta, tilxat, guvohnoma kabilar ham, agar unda omonat saqlovchi imzo qoʻygan boʻlsa, yozma shartnoma hisobiga oʻtadi (FK, 876-modda).
Omonat shartnomasi boʻyicha omonatchi ashyoga nisbatan mulk huquqiga, ashyoni tasarruf kilish huquqiga ega boʻla olmaydi, u faqat ashyoni saqlab berishi lozim. Omonat shartnomasida katna-shuvchi taraflar fukarolar va yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlardir. Tashkilotlar oʻz ustav (nizom)larida nazarda tutilgan hollardagina omonat saqlash faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Jismoniy xususiyatlari jihatidan omonat saklovchining ixtiyoridagi binoga yoki hududga joylashtirilishi mumkin boʻlgan buyumlargina Omonat shartnomasining predmeti boʻla oladi. Shu sababli kuchmas mulk va xajmi ulkan obʼyektlar buyicha Omonat shartnomasi tuzilishi mumkin emas. Bunday obʼyektni qoʻrikdash ishi qorovul va shahrik. bilan mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi. Saqlanishi qonun hujjatlari bilan taqiklangan narsalar — qoradori, zaharli moddalar, har xil oʻqotar qurol va hokazo omonat saqlash shartnomasining predmeti boʻlishi mumkin emas. FK ning 878-moddasiga muvofiq, omonat saklovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saqlashi shart. Agar Omonat shartnomasida muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, ashyo shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi.
Sotiboldi Boboqulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |