Kontent qismiga oʻtish

Omonqoʻton buyurtma qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omonqoʻton buyurtma qoʻriqxonasi — Samarqand viloyatida joylashgan tabiat zonasi[1].

Omonqoʻton iqlimi keskin kontinental hisoblanadi. Havoning iyuldagi oʻrtacha harorati 24,5 °C, yozda maksimal harorati +35 °C ni tashkil etadi. Kuz quruq kam yomgʻirli va tumanli boʻladi. Havoning harorati 10-17°C ga qadar pasayadi, oktyabrda dastlabki tunggi sovuqlar boʻlishi kuzatiladi. Mazkur hududda haqiqiy qorli qish kuzatiladi, havo harorati −5° dan 10-15 °C gacha sovib ketadi. Tungi sovuqlar va kuchli shamollar yuzaga keladi. Yillik yogʻin miqdori 600-700 mm atrofida boʻlishi ekoturizmning toʻrtta faslda yoʻlga qoʻyishga imkon yaratadi. Omonqoʻtonning qon tomiri hisoblangan Omonqoʻtonsoy — Chaqalikalon togʻining shimoliy yonbagʻridan (1200m) boshlanadi va bu togʻni Qoratepa tog‘idan ajratib turadi. Daryo janubiy-gʻarbdan, shimoliy-sharqqa qarab oqadi, uzunligi 13 km ni tashkil etadi. Havzaning umumiy maydoni 24,31 km. kv. Soy oʻzanining kengligi 3-4 m ni tashkil etadi, eng keng joyi 6-8 m, eng tor joyi 1-2 m ga teng. Soy asosan shagʻal va harsangtoshlar bilan qoplangan. Soy suvi qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda sel keladi. Oʻrtacha suv sarfi 0,46 m³ sek. Oqimning 60%i bahor oylarida boʻladi.

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.