Kontent qismiga oʻtish

Onabibi Azizova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Onabibi Azizova
Tavalludi 1918-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Onabibi Azizova (1918-yil, Urganch tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Urganch tumani Stalin nomidagi kolxoz zvenosi boshligʻi boʻlib ishlagan, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957)[1]. Mehnat faoliyatini „Pobeda“ kolxozida boshlagan. U koʻp ming kilogrammchilar harakatiga qoʻshilib, chevar terimchilar qatoriga oʻtgan[2]. Onabibi Azizova boshchiligidagi zveno paxta hosildorligini gektar boshiga 50—54 sentnerga (1955—1956) koʻtarishgan. U paxtadan rekord hosil yetishtirganligi uchun bir necha marta Butunittifoq Xalq Xoʻjaligi Yutuqlari Koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan.

  1. Музалевский М. В. Герои Социалистического Труда. Биобиблиографический словарь., Т. 2. (Rus tilida), Москва: РИЦ «Кавалер», 2008 — 200-bet. 
  2. OʻzSE 1971, s. 179
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, I tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1971 — 632-bet.