One ID – Yagona Identifikatsiya Tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

One ID – Yagona identifikatsiya tizimi (YIT) – bu hukumat va fuqarolik veb-saytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkaunt bilan taʼminlaydigan roʻyxatdan oʻtish tizimi[1].

Afzalligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchilarga davlat idora va tashkilotlari veb-saytlaridan alohida alohida akkaunt yaratmaslik hamda foydalanuvchiga tegishli elektron raqamli imzo orqali YITga javobgar idoralarga bormasdan roʻyxatdan oʻtish imkoniyati taqdim etilgan.

One ID – Yagona identifikatsiya tizimi. Tizim jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat ishchilariga elektron hukumatning barcha axborot tizimlaridan erkin foydalanish qoidalariga rioya etgan holda ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi YITdan avtorizatsiyadan oʻtgandan soʻng, u YITga bogʻlangan veb-saytlarga toʻg’ridan toʻgʻri tashrif buyura oladi.

One IDdan orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan avtorizatsidan oʻtish mumkin[2].

Xavfsizlik va asillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsga doir maʼlumotlarning haqiqiyligini taʼminlash va tasdiqlashda hamda onlayn xizmatlarini taqdim etishni taminlaydi.

One ID foydalanuvchilarning maʼlumotlarini daxldorligi va aslligini jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangaligi bilan taʼmilab beradi.

Boshqa saytlar bilan integratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Veb-say yoki foydalanuvchini identifikatsiya qilinganda, xizmat turlari (bank xizmatlari, electron tijorat va h.k.z.) bilan taʼminlash uchun optimal, qonuniy va qulay. Yagona Identifikatsiya Tizimi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan foydalanuvchilarni aniqlash Yagona Identifikatsiya Tizimi elektron hukumat haqidagi nizomga muvofiq, Yagona Identifikatsiya Tizimi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiy deb qabul qilish maqsadga muvofiq.

Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar tashkilot (kompaniya) rahbari jismoniy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, shaxsiy kabinetida tashkilot qoʻshishi mumkin. Bunda, Yagona Identifikatsiya Tizimi shaxsiy kabinetida, tashkilot rahbari nomidan olingan Elektron Raqamli Imzo taqdim etilishi kerak. Yuridik shaxs qoʻshilganda tashkilot nomidan davlat xizmatlarini foydalanish uchun boshqa foydalanuvchilarga (tashkilot xodimlarini) oʻz vakolatlarini topshirish mumkin boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://id.gov.uz/ (Wayback Machine saytida 2022-05-17 sanasida arxivlangan) Yagona identifikatsiya tizimi
  2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali