Kontent qismiga oʻtish

Ongarbay Qurboniyozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ongarbay Qurboniyozov
Tavalludi 1928-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Ongarbay Qurboniyozov (1928-yilQoraqalpoq avtonom viloyati) — sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. O‘zbekiston SSR Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Chapayev nomidagi sovxoz direktori[1].

Ongarbay Qurboniyozov 1928-yilda Qoraqalpoq avtonom viloyatida tugʻilgan[1]. Millati qoraqalpoq. KPSS aʼzosi.

1944-yildan jamoat, ijtimoiy va siyosat ishlarda. Mehnat faoliyatini 1944-yilda qishloq o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagach, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Sverdlov nomidagi sovxozda agronom, so‘ngra boshqaruvchi, partiya qo‘mitasi kotibi, Xoʻjayli tumanidagi Sverdlov nomidagi sovxozda bosh agronom bo‘lib ishlagan. 1965-yilda Qo‘ng‘irot tumanidagi Chapayev nomidagi sholichilik sovxoziga rahbarlik qilgan Ongarbay Qurboniyozov 8-besh yillikdagi (19661970) faoliyati natijalariga ko‘ra Hurmat Belgisi ordeni bilan taqdirlangan. 9-besh yillikda (19711975) sovxoz ishchilari Qo'ng'irot tumanida oq bugʻdoydan eng yuqori hosil olishgan. Natijada yetakchi brigadir Ubbiniyoz Bekniyozov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan (14.12.1972), sovxoz direktori Ongarbay Qurboniyozov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan, keyinroq esa 1976-yilda Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 10-besh yillikning keyingi yillarida (19761980) Chapayev nomidagi sovxoz sholikorlari Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xoʻjaliklari orasida peshqadam boʻlishgan va 1980-yildagi Oʻzbekiston SSRda rekord darajadagi hosil olishga salmoqli hissa qoʻshganlar[1].

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 26-fevraldagi farmoni bilan 1980-yilda rekord darajadagi 6 million 237 ming tonna paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va davlatga sotishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar uchun Qurboniyozov Ongarbayga Lenin ordeni hamda O‘roq va Bolg‘a oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[1].

SSSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq[2] (19841989) va Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9 va 10-chaqiriqlari (19751985) deputati etib saylangan[3], Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Qoraqalpoq viloyati qoʻmitasi deputati boʻlgan. KPSS XXV syezdi delegati.

Ikki marta Lenin ordeni (25.12.1976; 26.02.1981), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (12.10.1973), Hurmat Belgisi ordeni (04.08.1971), medallar, shu jumladan, „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (23.01.1966) bilan taqdirlangan[1].

1990-yildan keyin vafot etgan[1].