Kontent qismiga oʻtish

Oni (Georgia)

Koordinatalari: 42°35′2″N 43°26′30″E / 42.58389°N 43.44167°E / 42.58389; 43.44167
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oni, Georgiadan yoʻnaltirildi)
Oni
42°35′2″N 43°26′30″E / 42.58389°N 43.44167°E / 42.58389; 43.44167
Mamlakat Gruziya
Oni xaritada

Oni (gruzincha: ონი)—Gruziyaning Racha-Lechkhumi va Kvemo Svaneti mintaqasida joylashgan shaharcha (mkhare). Tarixiy va etnografik jihatdan u Gruziya gʻarbidagi tarixiy togʻli provinsiya boʻlgan Rachaning bir qismi hisoblanadi. Shahar Oni tumanining (raioni) maʼmuriy markazi boʻlib ham xizmat qiladi.

Oni Rioni daryosining chap qirgʻoqlarida chuqur darada, dengiz sathidan taxminan hisoblanganda 830 metr (2,723 fut) balandlikda va Gruziya poytaxti boʻlgan Tbilisidan 210 kilometr (130 milya) shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan.

Oni sobiq muhri Imperator Rossiya hukmronligi davrida ishlab chiqilgan.
Oni ibodatxonasi
Oni shahridagi sinagoga

Sovet davridan keyin migratsiya tendensiyasiga qaramay, Oni hali ham bir paytlar kuchli va yirik boʻlgan oz sonli yahudiy oilalarini jamiyatining bir qismi sifatida saqlab qolmoqda, saqlab qolinlgan oilalar, Gruziya Tbilisi va Kutaisidagilardan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Oni ibodatxonasi 1880-yillarda polshalik arxitektor tomonidan qurilgan boʻlib quruvchilar Salonikilik yunon yahudiylari boʻlgan.