Oomitsetlar
Oomitsetlar (Oomycetes) — zamburugʻlar sinfi (boshqa maʼlumotlarga koʻra, kenja sinf). Suvda va quruqlikda oʻsadi. Mitseliysi hujayrasiz; hujayra pusti sellyuloza va glyukandan iborat boʻlishi bilan boshqa zambu-rugʻlardan farq qiladi. Jinssiz zoospora yoki konidiya hosil qilish; jinsiy — oogamiya orqali koʻpayadi. Anteridiy koʻp yadroli, sharsimon oogoniyda 1 yoki bir nechta tuxum hujayra yetiladi. Urugʻlangan tuxum hujayralar oosporalarga aylanadi. Ulardan bahorda zoosporalar, murtak zoosporangiyli kalta oʻsish giflari hosil boʻladi. 4 ta tartibi (saprolegninsimonlar; leptomisimonlar, lagenidsimonlar, peronosporalilar), 350 turi mavjud. Tuban O. — saprotrof, organik moddalarga boy chuchuk suvlarda yashaydi. Koʻpchilik O. hayvonlar murdasi va boshqa organik krldiklarda uchraydi, ayrim turlari baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar uvildiriqlarida, kasallangan baliqchalar va itbaliklarda parazitlik qiladi. Quruklikdagi turlari yuksak oʻsimliklarning obligat paraziti, toʻqima ichida yashaydi, barg ogʻizchalaridan fahat ago-rangit (konidit) hosil qiluvchi qismi chiqib turadi. Jinsiy organlari va oosporalari ham endofit rivojlanadi. Baʼzi O. (mas, perenospora tokda kul, fitoftora kartoshkada chirish) kasalligini paydo qiladi. O. hujayra poʻstida xitin boʻlmaydigan sargʻish-yashil yoki xivchinli suv oʻtlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |