Kontent qismiga oʻtish

Optik prizma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Optik prizma – yassi sirtlar bilan chegaralangan va shaffof materi-allardan yasalgan jism. Bunday sirtga tushgan nur jismdan oʻtishida sinadi. Optik prizmalarning dispersion (spektral) va nur qaytarish xususiyatiga ega turlari bor. Spektral Optik prizmalar yorugʻlik disper-siyasp hodisasiga asoslanadi va koʻpin-cha spektral qurilmalarda ishlatiladi. Yorugʻlikning toʻla ichki qaytishi hodisasiga asoslangan Optik prizmalar nur yoʻnalishini oʻzgartirish uchun optik tizimlarda qoʻllanadi. Spektral prizmadagi nur yoʻnalishlari 1-rasmda koʻrsa-tilgan; VAS – prizmaning bosh kesimi. Agar VA sirtga turli toʻlqin uzunligidagi MN parallel nur dastasi tu-shayotgan boʻlsa, nur VA va AS sirtlarda sinadi. Yorugʻlik dis-persiyasiga asosan toʻlqin uzunligi katta nur dastasi PQ yoʻnalishda, kichigi PIQI yoʻnalishda chiqadi. 2-rasmda nur qaytarish xususiyatiga ega toʻgʻri burchakli prizma koʻrsatilgan. Bunday Optik prizma yordamida birlamchi nur dastasi bilan 90° yoki 180° li burchak hosil etadigan kaytgan nur dastasini olish mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil