Oq dengiz (Shimoliy muz okeani)
Oq dengiz | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 65.8°N 39°E |
Eng katta uzunligi | 2000 km |
Yuzasi | 90 800 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 67 m |
Eng katta chuqurligi | 343 m |
Suv hajmi | 4400 km3 |
Oq dengiz (ruscha: Белое море; karelcha: Vienanmeri, Valgiemeri; nenetscha: Сэрако ямʼ) — Shimoliy Muz okeanining ichki dengizi. Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shim. qirgʻoqlarigatutash. Shimolida Gorlo boʻgʻozi orqali Barens dengizi bilan bogʻlangan. Maydoni 90 ming km². Oʻrtacha chuq. 67 m, eng chuqur joyi 350 m. Yirik qoʻltiqlari: Kandalaksha, Onega, Dvina, Mezen. Yirik orollari: Solovki, Morjovets, Mudyuga. Oq dengiz Shimoliy muz okeaniga Shimoliy Dvina, Mezen, Onega, Vig, Umba, Varzuga, Ponoy daryolari quyiladi. Iklimi dengiz qutb iklimi bilan kontinental moʻʼtadil iklim orasida. Yanvarda havoning oʻrtacha temperaturasi —9° dan — 13° gacha, iyulda 8° —15°. Yillikyogʻin janubida 529 mm, shim.-sharkda 282 mm. Suvining temperaturasi dengiz yuzasida yezda 6,9° dan 15° gacha, qishda markaziy qismida —1,3° dan —1,7° gacha va qoʻltiqlarda 0,5° dan 0,7° gacha. Suvining shoʻrligi 24 %i gacha. Oq dengiz (Shimoliy muz okeani) oktabr—noyab.dan boshlab may—iyungacha muzlab yotadi. Suv koʻtarilishi 10 m gacha. Dengiz tubida yashaydigan 720 tur hayvon, 60 turdan ortiq baliq, 5 tur dengiz sut emizuvchilari bor. Portlari: Arxangelsk, Onega, Belomorsk, Kandalaksha, Kem, Mezen, Umba. Oq dengiz (Shimoliy muz okeani) Oq dengiz — Boltiq kanali orqali Boltiq dengizi va Volga — Boltik suv yoʻli orqali esa Azov, Kaspiy va Qora dengizlar bilan tutashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |