Oq masjid
Oq masjid — Samarqand viloyati Tim qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlari). Oq masjid peshtoq-ravoqli, bir xonali, gumbaz tomli. Devorlari ganch bilan qoplangan (nomi ham shundan). Bosh tarzi peshtoqli, ravoqli eshik orqali kiriladi. Eshik tepasidagi tobadon ganch panjara bilan bezatilgan, uning tepasiga darcha ishlangan. Peshtoqining oʻng qanoti tekis devorli, chap qanotida tomga chiqiladigan zina bor. Ikki yon tarzida eshik boʻlib, uning tepasidagi tobadonlar ham ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Ichki xonaning gumbaz osti bagʻallari 16 qirrali, ravoqsi-mon bezakli. Jan.gʻarbiy devoriga mehrob ishlangan. Umumiy tarhi 14,78x12,41 m, xonaqoh 7,10x7,10 m, pishik, gʻisht (27x27x5—6 sm) ganch qorishmasida terilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |