Kontent qismiga oʻtish

Oq masjid (Navoiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oq masjid
Muqobil nomlari Oq masjid
Masjidi Safed
Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr boshlarida
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Oq masjid (Masjidi Safed) — Navoiy viloyati, Nurota tumani, Oqmasjid qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Masjid XX asr boshlarida Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Oq masjid XX asr boshlarida qurilgan boʻlib, unda baʼzi yozuvlar saqlanib qolgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, matnlarga yangi bitiklar qoʻshilgan. Masjid tashqi qismida qora marmarda suls xatida „Oq masjid“ yozuvi mavjud. Masjidda „Alloh“, „Muhammad“, „Basmala“ kabi yozuvlar ham keltirilgan[1]. Oq masjid ichida mehrob mavjud va 1908-yilda uning yuqorisida nastaʼliq xatida bitik yozilgan. Mazkur bitikda xattot ismi va sanasi, „Imon“ kalimasi, qanoat fazilati haqida hadis keltirilgan. Yozuv taʼmirlash paytida chiroyini yoʻqotgan va bitik foni koʻk, yozuvi esa oq rangga boʻyalgan. Unda shunday yozilgan: „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad — Allohning elchisi. Qanoat qilgan aziz, tama qilgan har tomonlama xor boʻladi. Bechora, kuchsiz (xor) Mulla Barot ishi. Hijriy 1326- yil (1908—1909)[2]“. Masjid ichkari qismida mehrobsimon tokchalar mavjud va u xonalar boʻylab qurilgan. Ichkari qismida ustunlar boʻlib, ustun asosi yogʻochdan, poydevori esa marmartoshdan qilingan. Masjid tashqi tomoni ayvonli boʻlib, ustunlari mavjud. Ushbu masjid XX asr boshlarida eski masjid oʻrniga qurilgan. Masjid mahalliy aholi va xalq homiyligi bilan qayta qurilgan. Masjid bir ustunli boʻlib, oʻlchami 8 x 8 metrdan iborat. Sovet davrida masjid faoliyati toʻxtatilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, masjid oʻz faoliyatini boshlagan[3]. 2007-yilda masjid qayta taʼmirlangan[4].

  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 205.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 207.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 175.
  4. „Оқмачит (МасжидиСафед) масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.