Kontent qismiga oʻtish

Oqkerman

Koordinatalari: 46°11′38.101″N 30°20′28.000″E / 46.19391694°N 30.34111111°E / 46.19391694; 30.34111111
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oqkerman
46°11′38.101″N 30°20′28.000″E / 46.19391694°N 30.34111111°E / 46.19391694; 30.34111111
Mamlakat Ukraina
Oqkerman xaritada

Oqkerman yoki Bilgorod-Dnistrovskiy (1918-yilgacha va 1940 — 44 yillarda Akkerman) — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dnestr limanidagi port, Qora dengizdan 20 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 ming kishi (1999). B.D. yunonlarning qad. Tira shahri oʻrnida 9-asrda vujudga kelgan. 14-asrda moʻgʻullar egallagan va shaharni Oq-Libo deb atagan. 14-asrda genuyaliklarning Monkastro koloniyasi, 15-asrda Moldaviya knyazligi tarkibida boʻlib Chetatya-Alba deb atalgan, 1484-yildan turklarga qarashli qalʼa, 1812-yilda Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan, 1918 — 40 yillarda Ruminiya tarkibida (ChetatyaAlbe) boʻlgan. B.D.da goʻsht-sut, baliq-konserva. uzum vinosi, un, tibbiy buyumlar, tibbiy asboblar zavodlari, karton, mebel, tikuvchilik fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, baliq sanoati texnikumi, qishloq xoʻjaligi texnikumi, tibbiyot va pedagogika bil im yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil