Oqsaroy tarixi (kitob)
Muallif(lar) | Poyon Ravshan |
---|---|
Muharrir(lar) | Gavxar Mirzayeva |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Tarix, Xujjatli adabiyot |
Nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Nashriyot | „Yangi asr avlodi“ |
Sahifalar soni | 172 |
ISBN | ISBN 978-9943-27-704-5 |
Oqsaroy tarixi — taniqli tarixshunos olim Poyon Ravshan qalamiga mansub kitob. 2016-yilda Toshkentning „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.[1]
Kitob tarixiy, hujjatli adabiyot janrda yozilgan. Kitobning asosiy mazmuni Amir Temur qurdirgan salobatli Oqsaroy tarixi, qurilish jarayoni haqida hikoya qiladi. Muallif Oqsaroyning qurilish jarayonidan to hozirgi kunga qadar boʻlgan tarixini yoritib bergan. Muallif 2011-yilda „Shahrizabz tarixi“ deb nomlangan ikki jildli asar yozadi. Shundan soʻng ushbu kitobni yozish gʻoyasi tugʻiladi. Kitobni yozishda bir qancha boshqa manbalardan foydalanilgan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gavxar Mirzayeva — muharrir, Madina Mahmudova — musahhih, Uygʻun Solixov — badiiy muharrir, Dildora Joʻrabekova — komputerda sahifalovchi, Surayyo Axmedova — texnik muharrir. Kitobni bosishga 2016-yil 27-yanvarda ruxsat berilgan. Adadi 32000 nusxa. Litsenziya raqami: AI№252.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Poyon Ravshan qalamiga mansub „Oqsaroy tarixi““. kitobxon.com.