Kontent qismiga oʻtish

Oqsoqol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqsoqol — Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbeklar oʻrtasida obroʻ eʼtiborli, uvali-juvali va tadbirkor kishilarga nisbatan hurmat yuzasidan ishlatiladigan atama. O.lar qadimda urugʻ-jamoa boshligʻi va keyingi davrlarda nufuzli aʼyonlar toifasiga kiritilgan. Mas, Xiva xonligida O.lar elchilarni qabul qilish va boshqa koʻpgina tadbirlarda faol ishtirok etishgan.

Qishloqjamoasini ham saylab qoʻyiladigan O. lar boshqarishgan. Yirik shaharlar, dahalar va mahalla (guzarlar) boshliklari ham O.lar hisoblangan. Shuningdek, qishloq hunarmandchilik ustaxonalariga ham O.lar rahbarlik qilgan. Yirik suv tarmoklarida sugʻorishtaqsimlanishini ariq-oqsoqol nazorat qilgan. O.lar turli soliqlar toʻplashga, qishloq xoʻjaligi yumushlarini bajarishga, qasharlarni uyushtirishga va toʻymarakalarni tashkil etishga rahbarlik qilganlar. Baʼzan zarurat tu-gʻilganda O. lardan oilaviy-maishiy masalalarni hal etishda ham maslahatlar soʻralgan.

Hozir — qishloq fuqarolar yigʻinlari va shaharlar mahalla qoʻmitalari raislari. Respublika, viloyat, tuman va shaharlarda O.lar kengashlari faoliyat yuritmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil