Oqtepa (shaharcha)
Shaharcha | |
39°5′27″N 65°36′57″E / 39.09083°N 65.61583°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Koson tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Oqtepa (ruscha: Актепа) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha nomi oq va tepa soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Akademik, tarixshunos olim Yahyo Gʻulomovning tadqiqotlariga koʻra, milodning IV-V asrlaridan boshlab Oʻrta Osiyoning barcha hududlarida sugʻorish kanallarining ustida va ekin dalalari markazida dehqonlarning xom gʻishtdan bunyod etilgan shiyponlari boʻlgan. Bu joylarning xarobalari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Bu hududlar tepa, oqtepa yoki tal deb nomlangan. Shahar ichi va tashqarisi asosan tekisliklardan iborat boʻlgan. Yirik qishloqlarning atrofida esa tepaliklar boʻlgan. Oqtepa ayni shunday tepaliklardan boʻlgan boʻlishi yoki qadimiy qoʻrgʻonlarning xarobasi boʻlishi mumkin. Choʻl zonalaridagi choshtepa, qorovultepa, qoratepa singari tepaliklarning bir turi oqtepa deb ataladi. Bu birikma keyinchalik geografik nomga aylanib ketgan. Yaʼni oqtepa nomli oddiy tepalik hudud nomiga Oqtepa shaklida berilgan. Mazkur shaharchada ham tepalik oʻz nomini qishloqqa bergan[2].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oqtepa shaharchasida 2600 dan ortiq inson yashagan. Bu 3 yil avvalgi hisob-kitob natijasidan 200 taga ortiqdir[3].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari yashaydi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha hududida 74-sonli va 49-sonli maktab hamda bir necha doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shaharchada Xalqobod mahallasi joylashgan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqtepa shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, iyulning oʻrtacha harorati 35-40°, yanvarniki 0 dan 1° gacha boʻlishi kuzatilgan. Shaharcha Qarshi choʻl zonasida joylashganligi sababli ham qishi sovuq, yozi esa issiq va jaziramali boʻladi.
Yogʻin miqdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqtepadagi oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 190-200 mm ni tashkil etib, yogʻin asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Vegetatsiya davri 210—240 kunga teng.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 199-200-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 150-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |