Kontent qismiga oʻtish

Oqtepasoy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oqtepasoy
Tavsif
Uzunligi 60
Davlat Oʻzbekiston, Rossiya Imperiyasi va SSSR


Oqtepasoy — Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi soy. Nurota tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 60 km, havzasining maydoni 715 km². Yuqori oqimida Shagʻalsoy nomi bilan jan.-sharqqa, soʻngra jan.-gʻarbga oqadi. Oʻrta oqimida Pangatsoy bilan qoʻshilib Qoʻshrabotsoyni, Gʻujumsoy bilan qoʻshilib Oqtepasoyni hosil qiladi. Oqtepasoy Ishtixon tumani hududida Oqsaryoga quyiladi. Vodiysida tor daralar, tik qoyali yon bagʻirlar, koʻhna qayirlar uchraydi. Vo-diysining kengligi bir necha yuz metrdan 2 km gacha.

Soy, asosan, mavsumiy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,15 m³/sek., oqim moduli 1,6 l/sek, km². Yoz va kuzda suvi keskin kamayib ketadi. Oqtepasoyning 60 dan ortiq (umumiy uz. 150 km) irmoqlari bor. Yiriklari: Pangatsoy, Qizilolmasoy, Shovvasoy, Gʻujumsoy va boshqa Soy vodiysida kamyob hayvonlar (arhar, kaklik, qobon va boshqalar) va oʻsimliklar uchraydi. Soydan Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanlari xoʻjaliklari sugʻoriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil