Oraliq xoʻjayin
Oraliq xoʻjayin (biologiyada) — 1) voyaga yetmagan parazitlar yashaydigan hayvon organizmi. Oraliq xoʻjayindan soʻng parazitning rivojlanishi asosiy xoʻjayinda davom etadi, mas, bezgak paraziti uchun odam Oraliq xoʻjayin, bezgak chivini asosiy xoʻjayin boʻladi. Odam organizmi (eritrositlar)da parazit koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayadi. Jigar qurti uchun suv shilligʻi Oraliq xoʻjayin, sut emizuvchi hayvonlar va odam asosiy xoʻjayin hisoblanadi. Chunki jigar qurtining lichinkasi suv shilligʻi tanasida maʼlum vaqt rivojlanadi, lekin faqat sut emizuvchilar jigari oʻt yoʻllariga oʻtgandan keyin voyaga yetadi va tuxum qoʻyib koʻpaya boshlaydi. Parazitning rivojlanish siklida bir necha Oraliq xoʻjayin boʻlishi ham mumkin. Masalan, lansetsimon soʻrgʻichlining 1-Oraliq xoʻjayini quruqlikda yashovchi shilliklar, 2-Oraliq xoʻjayini chumolilar hisoblanadi. Ayrim parazitlar (jigar qurti, exinokokk) lichinkalik davrida Oraliq xoʻjayin organizmida koʻpayishi mumkin. 2) zang zamburugʻlarining maʼlum rivojlanish davri oʻtadiga oʻsimlik. Bu zamburugʻlarning koʻpchiligi Oraliq xoʻjayinda sporalar hosil qilib, oʻsimlikning rivojlanishiga zarar keltiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |