Kontent qismiga oʻtish

Oraziy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oraziy
Tavalludi
Alixon Mullaoxun oʻgʻli

1867-yil
Vafoti 1942-yil
Taxallusi Oraziy
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Janr Gʻazal, muxammas, murabba, ruboiy

Oraziy (taxallusi; asl ismi: Alixon Mullaoxun oʻgʻli; 1867-yil, Namangan — 1942-yil) — shoir, oʻqituvchi va kotib.

Alixon Mullaoxun oʻgʻli Oraziy 1867-yilda Namanganda dindor oilada tugʻilgan. Dastab rus-tuzem maktabida, soʻng madrasada tahsil olgan. Maktabda oʻqituvchilik, jamoat tashkilotlarida kotib boʻlib faoliyat yuritgan. Hayratiy, Zavqiy, Muqimiy va Furqat kabi shoirlar izidan yurib sheʼrlar yozgan. Uning gʻazal, muxammas, murabba va ruboiylari Fargʻona vodiysidagi roʻznomalarda muntazam nashr etilgan. Oraziyning „Oʻqi“, „Ilm“ va „Roʻzgʻor oynasi“ nomli sheʼrlarida ilm-maʼrifat, hurriyat va kasb-hunar mavzulari targʻib etilgan. Shoir 1942-yilda vafot etgan. Oʻzbekiston badiiy adabiyot nashriyoti 1959-yilda Oraziyning tanlangan asarlarini nashr etgan[1].

  • Oraziy. Tanlangan asarlar. Toshkent: „Oʻzbekiston badiiy adabiyot“ nashriyoti, 1959. 
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.