Kontent qismiga oʻtish

Orif Alimahsumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orif Alimahsumov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-may 1927-yil
Toshkent
Vafoti 14-fevral 2005-yil
Toshkent

Orif Alimahsumov (21-may 1927, Toshkent −14-fevral 2005) — xonanda va sozanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Dast-lab buvasi Usta Qoʻchqordan ommaviy kuy va qoʻshiqlarni, xonanda E. Haydarovdan katta ashula, Yunus Rajabiy va F. Sodiqovdan maqom yoʻllarini oʻrgangan; Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1967).Oʻzbek estrada teatri (1956-57), Oʻzteleradio (1957-86)da yakkaxon, Oʻzteleradio huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi makom ansambli (1976-79 va 1983-86), etnografik ansambl (1979-83) badiiy rahbari, ayni paytda Yangiyoʻl shahri Madaniyat uyi maqomchilar ansambli rahbari (1972-78), Toshkent davlat konservatoriyasi (1983-85), Toshkent davlat sanʼat institutida (1986-yildan) katta oʻqituvchi, dotsentyabr Alimahsumov tabiatan diapazoni keng, kuchli, lekin mayin ovozga ega. Xonandalikning turli uslu-blari, ayniqsa, ishkamiy anʼanalarini puxta oʻzlashtirgan. Hajman yirik, baland avjli ashula, katta ashula va maqom yoʻllarini ravon va erkin kuylaydi. „Shashmaqom“, „Oʻzbek xalq musiqasi“ va boshqa qator filmlarda maqom va katta ashula yoʻllarini ijro etgan. Xalqaro musiqa anjumanlari (Moskva, 1971; Samarqand, 1978, 1983 va boshqalar)ning konsertlari qatnashchisi. „Sogʻlom avlod uchun“ (1997), "El-yurt hurmati" (2000) ordenlari bilan mukofotlangan.[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil