Kontent qismiga oʻtish

Hamidilla Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oripov Hamidilla Nigʻmatovichdan yoʻnaltirildi)
Hamidilla Nigʻmatovich Oripov
Tavalludi 10-oktyabr 1940-yil
Toshkent
Vafoti 14-mart 1998-yil(1998-03-14)
(57 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Kasbi kimyogar olim
Ilmiy darajasi Akademik, kimyo fanlari doktori

Hamidilla Nigʻmatovich Oripov (10-oktabr 1940, Toshkent – 14-mart 1998, Toshkent ) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1987). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1983–85), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1985–89), direktor (1989-98). Ilmiy ishlari tabiiy faol birikmalarni oʻrganish va samarali sintetik preparatlar olishga oid. Oripov rahbarligida dezoksipeganin gidroxlorid, medamin kabi dorivor preparatlar, gelmintlarga qarshi qoʻllanadigan samarali preparatlar – albendazol, medapek, fenasal va boshqasintez qilingan, butilkaptaks defoliantini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984).[1]

  1. "Oripov Hamidilla Nigʻmatovich" OʻzME. O-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil