Kontent qismiga oʻtish

Oris (qishloq)

Koordinatalari: 42°34′9″N 69°45′48″E / 42.56917°N 69.76333°E / 42.56917; 69.76333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oris
qishloq
42°34′9″N 69°45′48″E / 42.56917°N 69.76333°E / 42.56917; 69.76333
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozog'iston viloyati
{{{tuman_turi}}} Sayram tumani
Hukumat
 • Akim Baxtiyor Mirzatoev
Maydon 4,778 km2 (1,845 kv mi)
Aholisi
 (2012)
10 500
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 725 31[1]
Pochta indeks(lar)i 160804[2]
Avtomobil kodi X, 13
Oris xaritada
Oris
Oris

Oris qishlogʻi — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanida joylashgan. Markazi—Inqilob qishlogʻi. Aholisi soni 10500 kishi.

Qisqacha tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oris va Qorasuv daryolari yoqasiga dastlabki aholi XX asrning boshlarida kelib joylashgan ekan. Koʻchib kelganlarning koʻpchiligi qorabuloqliklar deyishadi. Oʻzlari egallagan erlarni kengaytirgisi kelgan boy kishilar Doʻlanabuloq, Qatorbuloq, Toshbuloq singari buloqlar boshiga joylashadilar. Shajaraga tayanadigan boʻlsak, Qorabuloq boylaridan biri Nurjon ismli kishi bu yerga birinchi koʻchib kelganlardan boʻlgan. Keyinroq borib uning uy-joyi Nurjonqoʻrgon deb atalib ketgan. Ayrim hujjatlarda u Devonaqoʻrgon deb ham ataladi. Bu yer yurt kezib yurgan odamlar uchun boshpana, tunaydigan joy boʻlgan. Xoʻjaqoʻrgʻon, Moʻmin bobo qoʻrgoni, Boyishqoʻrgʻon, Sagizqoʻrgon deyiladigan atamalarga qarab qoʻrgʻon egalarining kimlar boʻlganini aniqlab olish uncha qiyin emas. Qishloq 1933-yilgi ocharchilikdan qattiq jabr koʻrdi. Qirqinchi yillargacha bu yerda Inqilob va Internatsional nomli ikkita kolxoz boʻldi. Keyinroq ular Yangi turmush, Madaniy, Paxtazarbdor kolxozlari bilan birlashib, yirik N. Xrushchev nomli kolxozni tashkil etdilar. 1964-yilda N. Xrushchev ketgach, Leninizm deb atala boshladi. 1965-yilda yirikpashtirish natijasida Navoiy nomli sovxoz tarkibiga kirdi. 1991-yilda Nurjonqoʻrgon yana Inqilob kolxozi boʻlib, 1996-yilda Xoʻjaqoʻrgʻon qishlogʻi ahli „Oris“ kolxozi boʻlib boʻlinib chiqdi. Ulugʻ Vatan urushida qishloqdan 300 kishi qatnashib, ulardan 70 nafari jang maydonlarida halok boʻldi[3].

Maorif soxasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • T. Rustamov nomli gimnaziya maktabi. 1936-yilda dastlab toʻliqsiz oʻrta maktab boʻlib ochildi. Unda 5 ta sinf xonasi bor edi. Yangi maktab dastavval boʻlimning nomi bilan III Internatsional deb ataldi. 1957-yilda qoʻshimcha sinfxonalari solinib, kengaydi. 1962-yilda maktabga Sovet Ittifoqi Qahramoni Toshtemir Rusgamov nomi berildi. 1969-yilda u oʻrta maktabga aylantirildi. 1990-yilda yangi loyiha asosida qurilgan binoga koʻchdi. Ayni paytda 1224 oʻquvchisi, 110 oʻqituvchisi bor.

Direktori: Irisaliev Xotam.

  • M. Anortoev nomli toʻliqsiz oʻrta maktab. 1983-yili boshlangich maktab oʻrnida tashkil etilgan.

Direktorlari: S. Qurbonboev. T. Abduhoshimov. E. Sarmonov. E. Adahamov (1999-yildan beri).

Xoʻjaliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inqilob, Boltaboy Temirov nomli ishlab chiqarish shirkatlari, Barakot, Nortoy ota tegirmonlari, Nizom Ismoilovning avtotransportni taʼmirlash sexi

Jamoat tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Faxriylar kengashi (raisi Choʻrmon Sarmonov).
  • Xotin-qizlar kengashi (raisi Mehrijon Davronova).
  • Yoshlar tashkiloti (raisi Botir Yunusov).
  • Nogironlar tashkiloti (raisi Umrzoq Abdullaev).

Qishloqqa mehnati singgan azamatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boltaboy Temirov, Arzioy Abdukarimova.