Kontent qismiga oʻtish

Orol Mo'minov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orol Moʻminov — oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1931-yil 10-mayda Qashqadaryo viloyati, hozirgi Koson tumanidagi Qozoqli qishlogʻida tugʻilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bituruvchisi. 1969-yilda aynan ushbu universitetda dissertatsiya yoqlab, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Koʻplab asarlar, jumladan roman, ocherklar, hikoyalar, dramalar va sheʼrlar muallifi. Orol Moʻminov 2009-yilning 29-oktyabrida Qarshi shahrida vafot etgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol Moʻminov 1931-yilning 10-may kuni Koson tumanining Qozoqli qishlogʻida tugʻilgan. Yozuvchining bolaligi ikki jahon urushlari orasidagi ogʻir damlarga, shuningdek navbatdagi jahon urushining alangalanish pallasiga toʻgʻri keladi. Shunday ogʻir damlar boʻlishligiga qaramay yozuvchining ilmga chanqoqligi oʻzgacha edi. Orol Moʻminovning ijodi qoʻshni qishloq (Nekoʻz)da ijod qilgan Abdulla Oripovning ijodidan biroz avval boshlangan. Kosonlik moʻyqalam sohiblari Abdulla Oripov va Orol Moʻminovlar ijodda hamkorliklar qilib turishgan.

Orol Moʻminov umrining koʻp yillarini matbuot sohasiga bagʻishladi. Yozuvchi 1991-yilda ochilgan „Nasaf“ nashriyotining ochilishiga asosiy sababchilardan biri hisoblanadi.[1]. Orol Moʻminov 1976-yildan 1984-yilga qadar Qashqadaryo viloyat matbuot boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. 1981-yilda „Xalq maorifi aʼlochisi“ unvoni, 1991-yilda „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni, 1992-yilda "Mustaqillik esdalik koʻkrak nishoni, 1995-yilda Matbuot qoʻmitasi tomonidan matbaatchilikni rivojlantirishdagi koʻp yillik samarali mehnati uchun mukofotlangan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol Moʻminovning nashr etilgan ilk sheʼriy toʻplami 1953-yilda „Ona yurtimni kuylayman“ nomida chop etilgan. Shundan soʻng „Bahor nafasi“ (1956), „Togʻlar ovozi“ (1957), „Ona zamin qoʻshigʻi“ (1962) kabi oʻnlab sheʼriy toʻplamlar birin-ketin chop etildi. „Oʻjar“ (1971), „Choʻl chaqmoqi“, „Aziz qoʻshnilar“, „Ziyofat“, „Neksiya“ kabi drammatik asarlari mamlakatimiz, jumladan Qozogʻiston va Qirgʻiziston teatr sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etilgan.

Shu bilan birga, Orol Moʻminov „Yaxshi-yomon, yonma-yon“ qissasi, „Gulshan“ romani, „Pomuq yulduzi“ ocherki, „Hayotim sahifalaridan“ romanining muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari yozuvchi Firdavsiyning „Shohnoma“ asariga va Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“ romani asosida musiqali drama ham yaratgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]