Orqa miya nervlari
Orqa miya nervlari - odamda orqa miyadan boshlanadigan nervlar. Orqa miya nervlarin. 31 juft: 8 juft boʻyin, 12 juft koʻkrak, 5 juft bel, 5 juft dumgʻaza va 1 juft dum nervi. Orqa miya nervlarin. gavda muskullariga, teriga tarqaladi. Orqa miya nervlarin. va ularda hosil boʻlgan boʻyin, yelka, bel, dumgʻaza va dum nerv tolalari, teri, ichki aʼzolar va butun gavda skelet muskullarini markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlaydi (innervatsiya). Orqa miya nervlarin. tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar boʻladi. Qoʻzgʻaluvchanlik aʼzolarda, muskullarda va terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali sezgini qabul qilib markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi aʼzolarga kerakli javob impulslarini yetkazadi. Taʼsirlarni oʻtkazish tezligi oʻrtacha 0,5– 120 m.ga teng, yoʻgʻon diametrli nervlarda tezroq boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |